Vivo X23: navbatdagi mo‘’jizaviy flagman rasmiy «jonli» video va suratda

  •   DiMaX
  •  1764
  •  22.08.2018 18:36

Vivo X23: navbatdagi mo‘’jizaviy flagman rasmiy «jonli» video va suratda

Vivo kompaniyasi yaqin orada o‘zining X23 flagmanini rasman namoyish etmoqchi. Ammo ishlab chiqaruvchi uni taqdimotidan avval rasman sotuvga ham qo‘ygan.

O‘QING: Sensorli ekranga ega Vivo X23 flagmani taqdimotdan avval rasman namoyish etildi – unga hoziroq buyurtma berish mumkin!

Vivo X23 modelining rekord darajada – 10 gigabaytlik tezkor xotiraga ega bo‘lishi haqida mish-mishlar tarqalgandi. Ammo kuni kecha chiqqan quyidagi rasmiy tizer bu ma’lumotni inkor qildi:

Bugun esa xitoylik mashhur model Lyu Ven (Liu Wen) o‘zining Weibo-akkauntida Vivo X23 flagmaniga bag‘ishlab tayyorlangan rasmiy videoni ham e’lon qildi.

Guvohi bo‘lganingizdek, rolikda smartfonning asosiy jihatlari, jumladan, «V» shaklidagi – «tomchisimon» o‘yiq ham, juft modulli bosh kamera ham namoyish etilgan. Barmoq izi skanerining skanerga joylanganligi bu videoda aks etmagan bo‘lsa-da, korpusning orqa panelida ham daktiloskopik datchik ko‘rinmaydi.