Vochi bepul ilovasi dizaynerning to‘rt soatlik ishini atigi 15 soniyada bajaradi! (+video)

  •   DiMaX
  •  1053
  •  27.11.2019 16:41

Vochi bepul ilovasi dizaynerning to‘rt soatlik ishini atigi 15 soniyada bajaradi! (+video)

Belorussiyaning Vochi startapi o‘zining iOS-ilovasini taqdim etdi. Bu dastur yordamida iPhone foydalanuvchilari videoning turli hududlariga har xil effektlar qo‘shishlari mumkin.

O‘QING: Android’da videomontaj qiluvchi 5 ilova

O‘zining betakror texnologiyasiga ega bo‘lgan Vochi videomuharririni mana bu havola orqali bepul yuklab olish mumkin. Mazkur ilova keyinchalik ishlov berish uchun foto yoki videotasvirdagi ob’yektlarni ajratib oluvchi neyrotarmoqlarni qo‘llaydi.

Foydalanuvchi videolavhani yuklab olib, undagi ob’yektni belgilaydi va ilovaning kutubxonasidan kerakli (masalan, Motion, Glitch yoki Clones kabi) effektni qo‘shadi.

Videoni tahrirlash real vaqt rejimida amalga oshiriladi, ishlov berish esa tasvirning sifatini buzmaydi, deyishmoqda ishlab chiquvchilar. Bundan tashqari, ilova mualliflariga ko‘ra, motion-dizaynerlar (videoni montaj qiluvchilar) odatda to‘rt soatcha vaqt sarflaydigan ishni Vochi ilovasi bor-yo‘g‘i 15 soniyadayoq uddalaydi.

O‘QING: Pulli analoglaridan ham zo‘r oltita bepul dastur – tanishing va yuklab oling!