VTB bankida robot-kollektor ish boshlamoqda

  •   Saroy
  •  993
  •  02.08.2018 15:14

VTB bankida robot-kollektor ish boshlamoqda

VTB, aktivlari ko‘pligi bo‘yicha Rossiyaning ikkinchi banki. Mazkur bank qarzdorlar bilan ishlaydigan robot-kollektorni ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Sentyabr oyidan boshlab  yangi qarzdorlar bilan ishlash uchun undan keng foydalanila boshlanadi. Robot-kollektor qarzdorligi endi boshlangan mijozlar bilan shug‘ullanadi, deyiladi davlat bankining yarim yillik faoliyati hisoboti bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

«2018 yilning ikkinchi yarmiga mo‘ljallangan asosiy loyihalarimizdan biri robot-kollektorni joriy qilishdan iborat. Ulardan endigina qarzdorligi boshlangan mijozlar bilan hamokrlik qilish uchun foydalaniladi. Loyihani ishga tushirish 2018 yilning oxirigacha», — deyiladi taqdimotda.

O‘QING:Bog‘chalar uchun mobil telefon orqali to‘lash mumkin bo‘ldi

Bank boshqaruv raisi o‘rinbosari Anatoliy Pechatnikovning ta’kidlashicha, robot his-hayojonga berilmagan hamda mijoz bilan risoladagidek  suhbatlashadi, har doim suhbatlashishning sifat standartiga amal qiladi. Shuningdek uning aniqlik kiritishicha, robot faqat qarzdorligi 30 kungacha bo‘lgan mijozlar bilan ishlaydi.

«Biz loyihani 1 sentyabrdan rasman ishga tushiramiz. U hozir sinov tariqasida ishlamoqda, 1 sentyabrdan esa sanoat rejimiga o‘tkazamiz, dedi Pechatnikov jurnalistlar bilan uchrashuvda.

O‘QING:O‘zbekistonda gaz va elektr energiyasi uchun to‘lov qilishning yangi tartibi joriy etilmoqda