“Whatsapp”ning yangi versiyasida hujjat almashinish imkoni paydo bo‘ldi

“Whatsapp”ning yangi versiyasida hujjat almashinish imkoni paydo bo‘ldi

Whatsapp dunyodagi eng ommaviy messenjer sifatida 1 milliard foydalanuvchi bilan ijtimoiy tarmoqlar reytingning birinchi pog‘onasida turibdi. Tezkor xabar almashinish uchun mo‘ljallangan dastur doimiy ravishda o‘z funksiyalari qatoriga yangilik kiritgan holda foydalanuvchilar talablarini qondirib kelmoqda. “Whatsapp”ning android operatsion tizimi uchun mo‘ljallangan 2.12.489 beta versiyasida,  Facebook Messenger va Viber’da bo‘lgani kabi, havolalarni oldindan ko‘rish, xabarni belgilash funksiyasi, katta miqdordagi smayliklar, hamda boshqa ko‘pgina funksiyalar qo‘shildi. Shulardan tashqari, Whatsapp chatini yanada ko‘proq detallari bilan jihozlash mumkin bo‘ldi. Messenjerning yangi versiyasida, shuningdek, foydalanuvchilar hujjat almashinish imkoni paydo bo‘ldi. Bu haqda 4pda resursi xabar berdi.

Manba: ITportal.uz

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!