Wi-Fi uchun o‘n yil davomida eng yirik yangilanish

  •   Saroy
  •  1612
  •  27.06.2018 11:04

Wi-Fi uchun o‘n yil davomida eng yirik yangilanish

Mana o‘n yildan oshdiki, Wi-Fi qurilmalari yagona xavfsizlik protokolini ishlatib keladi. Bugundan boshlab bunga o‘zgarishlar kiritildi: Wi-Fi standartini tatbiq etishni nazorat qiluvchi Wi-Fi Alliance,  WPA3’ni qo‘llab quvvatlovchi mahsulotlarni sertifikatsiyadan o‘tkazmoqda.  2004 yildan bo‘yon  WPA2 xavfsizlik protokoli ishlatib kelinardi.

Yangi protokol Wi-Fi orqali ishga tushiriladigan  qurilmalarni qator himoyalar bilan ta’minlaydi. Xakerlar uchun tanlab olish usulida porolni buzib kirish hamda ma’lumotlarni o‘g‘irlash yanada qiyinlashadi. Darvoqe, WPA3 yakka tartibda ishga tushmaydi. Bu ko‘p yillik jarayon. Zero, bozorga yangi protokol bilan qo‘llab quvvatlangan yangi routerlar va gadjetlar chiqishi kerak yoki ishlab chiqaruvchilar eski protokollarni yangilash kerak bo‘ladi. Qolaversa, protokollarni qayta moslashtirish ham ko‘zda tutilgan.

O‘QING: Moto Z3 Play versiyasi ancha kuchaytirildi, rangi ham o‘zgardi

Wi-Fi Alliance tarqatgan xabarga ko‘ra, yangi protokolning ommaviylashishi 2019 yilda ro‘y beradi, keyin u «Wi-Fi sertifikatsiyasidan o‘tgan» (Wi-Fi certified) barcha qurilmalar uchun majburiy bo‘ladi. Bundan tashqari,  ekransiz yoki tugmalarsiz uy smart-gadjetlari uchun Easy Connect protokoli ham namoyish etildi. Uni ishga tushirishni smartfon orqali QR-kodni skanerlash yordamida ham amalga oshirish mumkin.

O‘QING: Kompyuteringiz himoyasi uchun ikkita bepul fayrvol

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!