Windows 10’da avtomatik tozalashni sozlab qo‘yamiz – kompyuter xotirasi ancha bo‘shaydi

  •   DiMaX
  •  1784
  •  29.10.2019 10:37

Windows 10’da avtomatik tozalashni sozlab qo‘yamiz – kompyuter xotirasi ancha bo‘shaydi

Kompyuterda o‘chirilgan fayllar odatda dastlab Korzina – Savatchaga tushishini bilasiz. Agarda keyinchalik zarur bo‘lib qolsa, o‘sha yerdan kerakli faylni tiklab olish ham mumkin.

O‘QING: Qanday qilib Windows'ni keraksiz ma’lumotlardan tozalash mumkin: 5 bepul vosita

Lekin Savatchadagi aksariyat fayllar umuman keraksiz bo‘lib, agar vaqtida tozalab turilmasa, mazkur papka to‘lib ketadi. Shuning uchun vaqti-vaqti bilan Korzinani tozalab turishga to‘g‘ri keladi, aks holda keraksiz fayllar xotirani band etib yotadi.

Windows 10 operatsion tizimining 1809 versiyasida Savatchaga tushgan fayllarni ma’lum vaqtdan so‘ng avtomatik o‘chirib yuborish funksiyasi qo‘shilgan. Undan foydalanish uchun quyidagi manzilga kirasiz: Parametri > Sistema > Pamyat ustroystva. Mana shu yerda Xotirani nazorat qilish funksiyasini yoqib qo‘yasiz:

Uning ostidagi Xotirani nazorat qilishni sozlash va uni ishga tushirish qismiga kirib, avtomatik o‘chirishni sozlash mumkin:

Xotirani nazorat qilish funksiyasi ishlab turganida, Savatchaga tushgan fayllar dastlabki sozlamalarga ko‘ra 30 kundan so‘ng o‘chib ketadi. Mazkur muddatni siz o‘z ixtiyoringizga ko‘ra – 1 kundan to 60 kungacha bo‘lgan oraliqqa moslab qo‘ya olasiz.

Ostidagi yozuvga e’tibor bergandirsiz – Zagruzki jildidagi, ya’ni internetdan yuklab olingan fayllarni ham xuddi shu tarzda – ma’lum muddat o‘tganidan so‘ng avtomatik yo‘qolib ketadigan qilib qo‘yishingiz mumkin. Natijada avtomatik tozalash tufayli kompyuteringizning xotirasi tez to‘lib ketmaydi.

Mabodo mazkur funksiya natijasida birorta kerakli faylingiz yo‘qolib ketsa ham xavotir olmang...

O‘QING: Hatto formatlangan disk va fleshkadagi o‘chib ketgan fayllarni ham tiklovchi yettita eng zo‘r dastur

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!