Windows’dagi barcha viruslarni daf qiluvchi bepul dastur

  •   DiMaX
  •  4241
  •  29.01.2018 10:31

Windows’dagi barcha viruslarni daf qiluvchi bepul dastur

Microsoft korporatsiyasi taqdim etgan operatsion tizimning o‘zida  himoya vositalari bo‘lsa-da, hozirda axborot makonlaridan kirib keluvchi ziyonkor dasturlarni  aniqlashga kuchi yetmaydi. Shu bois ham zararli dasturiy ta’minotlardan o‘z kompyuterimizni, fayllarimizni muhofaza etish uchun qo‘shimcha antiviruslardan foydalanamiz.

O‘QING: Uzsoft.uz – O‘zbekistondagi ilk litsenziyali antiviruslar onlayn do‘koni

To‘g‘ri, yaxshi antiviruslar odatda pulli bo‘ladi, bepullarining esa imkoniyatlari yoki foydalanish muddati cheklangan. Ammo Windows operatsion tizimi boshqaruvi ostidagi kompyuter, noutbuk va planshetlardagi deyarli barcha viruslarni aniqlay oladigan va keyin ularni o‘zingiz o‘chirib yuborishga imkon beradigan mutlaqo bepul dastur ham bor.

Bu – Kaspersky Security Scan bo‘lib, u to‘laqonli antivirus emas, balki kompyuterda mavjud bo‘lgan ziyonkor dasturiy ta’minotlarni izlovchi maxsus utilita hisoblanadi. Tekshirib chiqqach, u kompyuterning holati haqida batafsil hisobotni taqdim etadi. Istasangiz, bu utilitani ma’lum bir vaqtda avtomatik tarzda ishga tushadigan qilib sozlab qo‘yish imkoni ham mavjud.

Ko‘plab tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, «Kasperskiy laboratoriyasi» barcha turdagi zararli dasturiy ta’minotlarga qarshi kurash uchun eng yaxshi mahsulotlarni taqdim etadi. Mazkur kompaniya ishlab chiqqan deyarli barcha himoya dasturlari pulli, ammo Security Scan utilitasi mutlaqo bepul tarqatiladi. To‘laqonli antivirusning «qirqilgan» versiyasi bo‘lmish mazkur ilovani Kaspersky rasmiy saytidan mana bu havola orqali ko‘chirib olish mumkin.

O‘QING: Kasperskiy bepul antivirus chiqardi va boshqa antiviruslarni «ilma-teshik» deb atadi!

Windows 10 yoki mazkur operatsion tizimning boshqa istalgan versiyasida Kaspersky Security Scan to‘liq yoki tezkor tekshiruvdan o‘tkazib, har qanday virusni topa oladi. Bu, masalan, qurilmangiz birdaniga sekinlashib yoki qanaqadir reklamalar chiqadigan bo‘lib qolganida, kutilmaganda ayrim dasturlar umuman ishlamay qolganida juda kerak bo‘ladi. 99 foiz holatlarda bu utilita sizga albatta yordam beradi.

Kaspersky Security Scan hisobotidan so‘ng, u ko‘rsatgan zararli dasturlarni siz o‘zingiz o‘chirib tashlashingiz yoki qoldirishingiz mumkin bo‘ladi. Uning viruslar bazasi ham pulli antivirusniki bilan bir xil va kamida kuniga bir marta yangilanib turadi.

Ushbu utilitaning bitta manfiy tomoni bor – u oddiy foydalanuvchi uchun real vaqt rejimida himoyani ta’minlay olmaydi, balki ishga tushirilgan vaqtidagina mavjud viruslarni aniqlaydi. Shuningdek, bu utilita kompyuterdagi boshqa antiviruslar bilan «kelishmaydi» – kompyuterga Kaspersky Security Scan’ni o‘rnatish uchun ularni o‘chirish kerak bo‘ladi.

O‘QING: Kiber-viruslardan himoyalanish uchun 4 tavsiya

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!