Windows o‘rnatilgan kompyuter qotib ishlasa nima qilish kerak?

Windows o‘rnatilgan kompyuter qotib ishlasa nima qilish kerak?

“IT-specialist” kanali  shaxsiy kompyuteringizni tezlashtirishning sakkizta oddiy usullarini to‘plagan.

1. Avtoyuklanish ro‘yxatidan ortiqcha dasturlarni chiqarish

Ba’zi dasturlar o‘rnatilganidan so‘ng avtomatik tarzda avtoyuklanish ro‘yxatiga qo‘shiladi. Ushbu dasturlar Windows yuklanganidan so‘ng, avtomatik ravishda, siz ulardan foydalanishingiz yoki foydalanmasligingizdan qat’iy nazar ishga tushadi. Ular doim faol holatda bo‘ladi, shu bois operativ xotira va protsessor resurslarini egallab turadi.

Avtoyuklanish ro‘yxatidagi dasturlar ko‘payib ketganidan so‘ng, ularga tizim resurslarining sezilarli qismini egallashni boshlaydi. Natijada kompyuter odatdagidan sekinroq ishlashni boshlaydi. 

Avtoyuklanish ro‘yxatini tekshirish uchun Windows+ R klavishlarini bosing. Yangi oyna ochilganida, unga msconfig buyrug‘ini kiriting va Enter'ni bosing. Keyingi oynada «Avtozagruzka» bo‘limini oching. Agar «Otkrit dispetcher zadach» yozuvini ko‘rsangiz, unga sichqoncha bilan bosing.

Va nihoyat kerakli ro‘yxat paydo bo‘lganida, undan o‘zingiz doimiy foydalanmaydigan barcha dasturlarni olib tashlang. Buning uchun ularning ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va «Otklyuchit»ni tanlang.

2. Kompyuterni turli axlat, virus va boshqa zararli dasturiy ta’minotlardan tozalang

Vaqt o‘tishi bilan kompyuterda turli qolib ketuvchi fayllar va boshqa dasturiy axlatlar to‘planib boradi. Bundan tashqari, ba’zi ilovalar tarkibida berkingan reklama modullari bo‘ladi va o‘rnatish paytida ular bilan birga tizimdan ortiqcha joy egallaydi. Bularning barchasi ko‘pincha shaxsiy kompyuterning sekin ishlashiga olib keladi. Kompyuterni reklama va axlatlardan tezkor tozalash uchun maxsus utilitalardan foydalaning.

Viruslar va boshqa zararli dasturiy ta’minotlar ham muammo manbai bo‘lishi mumkin. Ulardan xalos bo‘lishda esa ishonchli antivirus yordam beradi.

3. Tizim diskidagi joyni bo‘shating

Windows va o‘rnatilgan dasturlarning tez ishlashi uchun tizim diskida yetarlicha bo‘sh joy qolishi muhimdir. Operatsion tizim o‘rnatilgan lokal disk to‘lib qolgan/qolmaganligini tekshirib ko‘ring. Odatda bu C diski bo‘ladi. Iloji boricha bo‘sh joyning hajmi o‘rnatilgan operativ xotira hajmidan kamida ikki baravar ko‘p bo‘lishi lozim.

O‘QING: Windows 10’ning avtomatik yangilanishini osongina o‘chirib, megabaytlar va resurslarni tejaymiz!

Agar tizim diski to‘lib qolgan bo‘lsa, undan foydalanilmayotgan dasturlarni va fayllarni o‘chiring yoki boshqa lokal diskka ko‘chirib o‘tkazing. Bu holatda tizim ishlashi uchun kerakli bo‘lgan elementlarni o‘chirib yubormaslikka ahamiyat bering. Agar u yoki bu fayl sizga kerak yoki kerak emasligiga shubhalanayotgan bo‘lsangiz, yaxshisi uni o‘chirmang.

TreeSize Free bepul utilitasidan foydalanishingiz mumkin. U diskni tahlil qilib, fayllar va papkalarni hajmi bo‘yicha saralab chiqadi. Bu orqali siz bo‘sh joyni aynan nima egallab turganligini tezda bilib olasiz.

4. Drayverlarni yangilang

Drayverlar sifatida tanilgan mini-dasturlar kompyuterni tashkil etuvchi komponentlarining ishlashini nazorat qiladi. Vaqt o‘tishi bilan videokarta va boshqa apparat qismlari ishlab chiqaruvchilari o‘z qurilmalarining maksimal unumdorligiga erishish uchun drayverlarini yaxshilab turishadi. Shunday qilib, drayverlarning yangi versiyalari kompyuterning tezligini oshirishi mumkin.

Tizimning eskirgan drayverlarini tekshiradigan maxsus xizmatlar mavjud va agar kerak bo‘lsa, yangilanishlarni avtomatik rejimda o‘rnatadi. Ularning biridan foydalanib ko‘ring yoki shaxsiy kompyuteringiz ishlab chiqaruvchisi saytidan drayverlarning eng so‘nggi versiyalarini yuklab oling va ularni qo‘lda, ya’ni o‘zingiz o‘rnating.

5. Windows'ning ortiqcha xizmatlarini o‘chirib qo‘ying

Windows xizmatlari - bu orqa fonda turli xil tizim vazifalarini bajaruvchi maxsus dasturlardir. Ba’zi xizmatlar kompyuterning to‘g‘ri ishlashi uchun juda muhimdir.

Boshqalariga bo‘lgan ehtiyoj esa kamdan-kam hollarda yoki umuman paydo bo‘lmaydi.

Tizimni tezlashtirish uchun foydalanilmayotgan xizmatlarni o‘chirib qo‘yishingiz mumkin. Biroq ko‘p holatlarda buning foydasini juda zaif kompyuterlarning egalari his qilishlari mumkin.

6. Windows’ni qayta o‘rnating yoki uni qayta tiklang

Microsoft’ning ishlab chiquvchilari operatsion tizimning o‘ninchi versiyasini yaxshigina optimallashtirishdi, shuning uchun u Windows Vista, 7 va 8 dan ko‘ra tezroq ishlaydi. Agar sizda ushbu eskirgan versiyalardan biri bo‘lsa, Windows 10’ni o‘rnatish haqida o‘ylab ko‘ring.

Agarda sizda allaqachon o‘ninchi versiya o‘rnatilgan bo‘lsa, u holda «Sentr obnovleniya Windows»da uni joriy holatiga yangilang. Kompyuter so‘nggi yangilanishni o‘rnatganidan keyin ham sekin ishlashni davom ettirsa, Windows'ni qayta tiklashga urinib ko‘ring. Bu, dasturiy ta’minotdagi buzilish natijasida tizim tezligi tushib ketgan taqdirda yordam beradi.

O‘QING: Ishonchli parol qanday yaratiladi, yana uni eslab qolish ham kerak

7. Kompyuterning qizib ketmayotganligiga ishonch hosil qiling

Ishlash unumdorligining kuchli pasayishiga kompyuterning haddan ziyod qizib ketishi sabab bo‘lishi mumkin. Ayniqsa noutbuklar bu muammodan ko‘proq aziyat chekadi. Odatda bu o‘yin o‘ynash yoki og‘ir dasturlar bilan ishlash paytida sodir bo‘ladi. Kompyuter qotib ishlashi, o‘zidan-o‘zi o‘yinlar yoki dasturlarni yopishi va hattoki o‘chishi ham mumkin. Qurilmaning korpusi odatda qizishni boshlaydi.

Qizish alomatlarini his etganingizda ularni bartaraf etishga urinib ko‘ring. Kulerlarning ishlashi va hech narsa yaxshi havo aylanishiga to‘sqinlik qilmayotganligiga ishonch hosil qiling. Agar bu borada hammasi joyida bo‘lsa, u holda yaxshisi kompyuterni ichini ochib, ichida to‘plangan changni tozalagan afzal.

Kompyuterning ichini ochish kafolatning buzilishiga, noto‘g‘ri xatti‑harakatlar esa komponentlarga ziyon yetishiga olib kelishi mumkin. Agar bu borada o‘zingizga ishonchingiz komil bo‘lmasa, tavakkal qilmaganingiz ma’qul.

Agar kompyuter faqatgina o‘yin o‘ynash paytida qotishni boshlasa, u holda termopasta qurib qolgan bo‘lishi ham mumkin. Ushbu modda protsessor va videokarta sirtida, ular o‘zidan yaxshiroq issiqlik chiqarishi uchun qo‘llaniladi. Bunday holatda, kompyuterni tozalash paytida, yangi termopastani surtish kerak bo‘ladi. Bu jarayon, siznikiga maksimal o‘xshash bo‘lgan kompyuterda amalga oshirilayotgan videoni izlab ko‘ring. Shunda siz uchun termopastani mustaqil tarzda almashtirish oson kechadi. Yoki darhol mutaxassisga murojaat qiling.

8. Yanada kuchliroq apparat qismlarini o‘rnating

Agar yuqorida aytilganlarning hech biri yordam bermasa, kompyuteringiz unga yuklangan vazifalar uchun juda zaif bo‘lishi mumkin. Bu holatda butun qurilma yoki uning alohida qismlarini almashtirish yordam beradi. Protsessor, operativ xotira yoki qattiq disk kompyuterning ishlash tezligiga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi qismlardir. O‘yin o‘ynashdagi unumdorlik esa ko‘proq videokartaga bog‘liq hisoblanadi.

Kompyuterni do‘konga olib boring. Shunda sotuvchi eski kompyuteringizni iloji boricha tezlashtirishi mumkin bo‘lgan apparat qismlarini tanlashi va o‘rnatishi mumkin bo‘ladi. Agar sizda noutbuk bo‘lsa, unda siz uni yanada kuchli model bilan almashtirishingiz, siz uchun foydaliroq hisoblanadi.

O‘QING:Kompyuterda internet tezligini oshirish!

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!