Windows tizimli kompyuterni kerakli paytda o‘zi yonadigan qilamiz!

  •   DiMaX
  •  1116
  •  29.03.2019 17:00

Windows tizimli kompyuterni kerakli paytda o‘zi yonadigan qilamiz!

Uydagi yoki ishxonangizdagi kompyuteringiz kerakli paytda o‘zi ishga tushib ketishini istaysizmi? Agarda tok manbaiga ulangan holida qoldiradigan bo‘lsangiz, buning iloji bor!

O‘QING: Kompyuter yoqilayotganidagi 0xc000000f xatolikni tuzatamiz

Windows tizimida ishlovchi kompyuterning yonishini avtomatlashtirish uchun uning asosiy ishga tushirilish tizimi – BIOS’ga qirishingiz va u yerda quvvat sarflanishi bilan bog‘liq bo‘limga o‘tishingiz lozim. Mazkur bo‘lim «Power», «Power-on Menu» yoki, masalan, «Power Scheduling» deb nomlangan bo‘lishi mumkin – bu ona plata (materinskaya plata) ishlab chiqaruvchisiga bog‘liq.

Quyidagi rasmda shu jarayon «Power On By RTC» sozlamasi orqali ko‘rsatilgan:

Ayni shu bandi kompyuterning avtomatik yoqilish vaqtini sozlash uchun xizmat qiladi, ammo u barcha kompyuterlarning BIOS’larida ham bo‘lmasligi mumkin. Agar topa olsangiz, hatto necha kungacha (0 – har kuni degani) shu vaqtda avtomatik yoqilishini ham sozlab qo‘ysangiz bo‘ladi.

Keyin esa o‘zgarishlarni saqlab, kompyuterni o‘chirib-yoqasiz – tayyor! Kerak bo‘lsa, endi u siz uchun budilnik vazifasini ham o‘tashi mumkin!

O‘QING: Windows’ga parol qo‘yish va uni olib tashlash

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!