Windows XP haligacha Microsoft’ga qarashli eng ommabop operatsion tizimlardan bo‘lib qolmoqda

Windows XP haligacha Microsoft’ga qarashli eng ommabop operatsion tizimlardan bo‘lib qolmoqda

Bundan ikki oy avval Microsoft kompaniyasi Windows 10 dasturiga bepul yangilanish imkoniyatini cheklab qo‘ydi. Shundan keyin Net Applications kompaniyasi Microsoft’ga tegishli operatsion tizimlarning jahon bozoridagi ulushini tahlil qildi. O‘tgan ikki oy ichida Windows 10 dasturining bozordagi ulushi 22,53%ga tushib ketgan. Bunga asosiy sabab mazkur dasturning bepul o‘rnatish imkoniyatining cheklanganidir.

Windows 7 versiyasi Microsoft operatsion tizimlari orasida eng ommabop dastur bo‘lib qolmoqda. Agar mazkur versiyaning bozordagi ulushi avgust oyida 47,27%ni tashkil qilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich sentyabr oyiga kelib 48,27%ga o‘sgan. Undan keyin Windows 10 dasturi kelmoqda. Uchinchi o‘rinni esa Windows XP egallagan. U jahondagi 9,11% kompyuterlarga o‘rnatilgan. Biroq shuni ta’kidlash kerakki, borgan sari Windows XP versiyasining bozordagi ulushi kamayib boryapti. Buning sababi esa ma’lum.

Windows 8 versiyasi avvaldan uncha ommalashmagani tufayli reytingda to‘rtinchi o‘rinni band qilgan. Uning dunyo bozoridagi ulushi sentyabr oyida 7,83%ni tashkil qilgan.