WMC 2017’ning eng yaxshi smartfoni e’tirof etildi

WMC 2017’ning eng yaxshi smartfoni e’tirof etildi

2017 yilning 2 mart kuni Jahon Mobil Kongressi tashkilotchisi hisoblangan GSMA — Yevropa GSM mobil tarmog‘i operatorlari assotsiatsiyasining an’anaviy Glomo Awards 2017 tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimida Sony kompaniyasining Xperia XZ Premium smartfoni “WMC 2017’dagi eng yaxshi mobil vosita” nominatsiyasida taqdirlandi.

Xperia XZ Premium flagmani 5,46 dyuymli 4K (3840 x 2160 pikselli) sig‘imni qo‘llab-quvvatlaydigan displey, ayni vaqtda eng ilg‘or Snapdragon 835 protsessori, 2017 yilga munosib ravishda 4 gigabaytli operativ xotira bilan ta’minlangan. IP65/68 sertifikatlari uning suv va changdan “qo‘rqmasligi”ga kafolat beradi.

Devays displeyi Gorilla Glass 5 himoya shishasi bilan qoplangan. Xperia XZ Premium smartfoni Quick Charge 3.0 tezkor quvvatlash texnologiyasiga ega 3230 mA soat tok quvvati sig‘imiga ega akkumulyatoriga ega.

19 Mp bosh kamera diafragmasi, ya’ni yana bir muhim optik pribor hajmi f/2.0. U elektron optik barqarorlashtirish, lazerli avtofokus tizimlariga ega. Old kamera sig‘imi 13 Mp.

Telefonning o‘ziga xos jihati uning kamerasidagi sensor o‘lchamining hajmi kattalashib, 1/2.3’ga o‘zgartirilganini aytish mumkin. Kameraning sifatli suratga olishi megapiksel emas, aynan ushbu sensorga bog‘liq. Sensor qancha kattalashsa, yorug‘lik va tashqi muhit to‘g‘risida axborot ko‘proq yig‘iladi. Jumladan, Xperia XZ Premium’dagi Motion Eye texnologiyasi tasvirni sekinlashtirilgan rejimda ham HD-sig‘imda yozib olish imkonini beradi.

2017 yilning 2-choragidan sotuvga chiqarilishi kutilayotgan Xperia XZ Premium jahon bozorida 940 AQSh dollari bahosida sotilishi aytilmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!