«World AI & Data Challenge» xalqaro xakatoniga marhamat!

  •   DiMaX
  •  164
  •  10.08.2021 09:46

«World AI & Data Challenge» xalqaro xakatoniga marhamat!

IT Park, Strategik tashabbuslar agentligi va BMT Taraqqiyot dasturi bilan birgalikda joriy yilning 21-22 avgust kunlari mukofot jamg‘armasi 5,5 million rubl bo‘lgan «World AI & Data Challenge» axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ma’lumotlar xakatonini o‘tkazadi. Bu to‘g‘rida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xabar bermoqda.

O‘QING: IMEI-kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha yana bir qulaylik yaratildi!

Xakaton onlayn tarzda o‘tkazilib, eng yaxshi ishlanmalar xalqaro darajadagi finalga chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu xakatonda MDH davlatlari, jumladan, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Belarus, Moldova va Rossiyadan vakillar ishtirok etadi.

Ma’lumotlar xakatonida sun’iy intellekt va ma’lumotlar dasturlarini ishlab chiqishga qiziqqan mutaxassislar ishtirok etishlari mumkin. Tanlovning asosiy vazifalari: tibbiyot, ekologiya va ijtimoiy sohadagi innovatsion loyihalarni taqdim etishdir.

Musobaqa uch bosqichdan iborat bo‘ladi:

1-bosqich – vazifalar bellashuvi – unga ko‘ra xakaton ishtirokchilari (ishlab chiquvchilar) ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda yechimlar ishlab chiqishlari kerak;

2-bosqich – yechimlar tanlovi – xakaton ishtirokchilari tomonidan ijtimoiy muammolarni hal qilish yo‘llarini ishlab chiqish bilan ikki kunlik onlayn xakaton o‘tkazish rejalashtirilgan;

3-bosqich – amalga oshirish tanlovi – bu bosqichda ishlab chiqilgan yechimlar vazifalarga muvofiq amalga oshiriladi.

O‘QING: «O‘zbekistonda 150 ming dollar topadigan frilanser bor» – IT-Park direktori

O‘zbekiston vakili sifatida, IT Park tanlov doirasida ishtirokchilar oldiga uchta vazifani qo‘ydi:

  1. Mamlakatda kambag‘allikka qarshi kurashish profilaktika qilishning innovatsion usulini ishlab chiqish, ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlashni avtomatlashtirish;
  2. Yurak-qon tomir kasalliklari bilan og‘rigan bemorni miokard infarkti va yurak fibrilatsiyasini oldini olish maqsadida mashina o‘qitish yordamida arduino va smartfon orqali masofadan kuzatib borish tizimini ishlab chiqish;
  3. Mamlakatdagi mehnat bozori – talab va taklifning tendensiyalarini, ish beruvchilarning ish izlovchilarning malakalariga, shuningdek, ish izlovchilarning o‘zlarining xohishlariga bo‘lgan talablarini tushunish kerak.

Tanlovning yakuniy bosqichiga chiqqan ishtirokchilar dunyoning yetakchi maktablari va universitetlarining axborot texnologiyalari bo‘yicha onlayn kurslariga to‘liq kirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu ularga yakuniy taqdimotga yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rishga, notiqlik mahoratini oshirishga va innovatsion dizaynlarini maksimal darajada oshirishga yordam beradi.

Ro‘yxatdan o‘tish havolasi:

https://leader-id.ru/events/216501

Siz, shuningdek, xakatonda qatnashmasdan, quyidagi havola orqali loyihaga o‘zingiz qo‘shilishingiz va kerakli vazifalarni o‘zingiz bajarishingiz mumkin:

https://datamasters.ru/aianddata

Qo‘shimcha ma’lumot uchun – «DataMasters» telegram-chati.

O‘QING: Dasturchilar «16 million yevrolik» ishni ikki kunda bepul qilib berib, vazirni ishdan olib tashlashdi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!