WWDC 2022 tadbiri qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

WWDC 2022 tadbiri qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Taniqli insayder Jon Prosser bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Apple bu yilgi dasturchilar konferensiyasi - WWDC 2022 tadbirini 6-iyun kuni o‘tkazadi. Kompaniya unda katta ehtimol bilan iOS 16 ni taqdim qilishi kutilmoqda va shu bilan birga, yangi Mac kompyuterlari ham chiqarilishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, bu yilgi iOS yangilanishi foydalanuvchi interfeysida katta o‘zgarishlarini o‘z ichiga oladi. Shulardan biri kompaniya InfoShack deb nomlaydigan ko‘p funksiyali interaktiv komponentlar to‘plami bo‘lib, u yordamida foydalanuvchilar smartfon ekran yorug‘ligini, telefon chirog‘ini va boshqa bir necha amallarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kompyuterdan boshqarishlari mumkin bo‘ladi. Shuningdek, butun tizimning ishlashi yanada tezlashtiriladi.

O‘QING: iPhone 15 Pro ekran osti sensorlari bilan - rostdan?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!