Xaker Steam himoyasidagi «tirqish»ni topib, Valve’dan yana 20 ming dollar undirdi!

  •   DiMaX
  •  403
  •  14.11.2018 09:35

Xaker Steam himoyasidagi «tirqish»ni topib, Valve’dan yana 20 ming dollar undirdi!

Valve kompaniyasining Steam onlayn servisi kompyuter dasturlari va o‘yinlari uchun taqdim etilgan raqamli platformadir. U mualliflik huquqlarini texnik himoyalash vositasi, birgalikda o‘ynaluvchi o‘yinlar va striming platformasi, shuningdek geymerlar uchun ijtimoiy tarmoq vazifasini ham bajaradi.

O‘QING: Hayratga arzirli raqam: Fortnite’ni bir vaqtning o‘zida nechta geymer o‘ynaydi?

Xabarlarga ko‘ra, Artyom Moskovskiy raqamli do‘konning zaif joyini topib, Portal 2 o‘yini ishtirokchilarining naq 36 mingta kalitini qo‘lga kiritgan!

«Himoyadagi ushbu zaiflikdan foydalanish uchun faqat bittagina so‘rov yuborish yetarli bo‘ldi. Men bittagina parametrni o‘zgartirib, o‘yinga kirishdagi tekshiruvni aylanib o‘tishga muvaffaq bo‘ldim», – deydi u.

Steam servisining muhofazasidagi ushbu «tuynuk»ni topgani uchun xakerni Valve kompaniyasi moddiy rag‘batlantirdi. Aytish kerakki, Artyom Moskovskiy joriy yilning iyulida ham boshqa zaiflikni topgani uchun 25 ming dollar miqdorida rag‘batlantirish olgan.

O‘QING: Android-ilova xatosini topib, Google’dan 1000 dollar olish mumkin!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!