Xakerlar baribir Apple’dan ustun kelishdi!

  •   DiMaX
  •  874
  •  25.06.2018 15:56

Xakerlar baribir Apple’dan ustun kelishdi!

Apple korporatsiyasi o‘z mahsulotlarining dasturiy ta’minotini ham o‘zi ishlab chiqishi va ularning mustahkam himoyalanganligi bilan haqli ravishda faxrlanadi. Ammo xaker degan «baloyi azim»lar borki...

O‘QING: Xakerlar iOS 12 o‘rnatilgan iPhone X himoyasini ham allaqachon buza olishdi! (+video)

Xullasi kalom, yaqinda xakerlar guruhi iOS 11.4 va iOS 12 himoyasini Apple’ning standart brauzeri – Safari orqali buzishdi! Buning uchun ular smartfonni kompyuterga ulab ham o‘tirmaslik uchun maxsus sayt yaratishdi va uning yordamida tizimga kira olishdi.

Ayfonga norasmiy Cydia ilovalar do‘konini o‘rnatish uchun saytdagi bittagina tugmachani bosish kifoya qildi. Xakerlar Safari ilovasidagi nozik joyni topib, smartfonning himoyasini buzib kirish uchun undan foydalanishdi.

Qiziq tomoni – nafaqat nisbatan eskirgan iOS 11.4 talqinidagi operatsion tizimi, balki hatto iOS 12 beta-versiyasidagi iPhone’ning ham himoyasini buza olishdi.

O‘QING: Xakerlar qanday kompyuter va operatsion tizimdan foydalanishadi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!