Xakerlar soatiga qancha pul ishlashi ma’lum bo‘ldi

Xakerlar soatiga qancha pul ishlashi ma’lum bo‘ldi

So‘nggi yillarda xakerlarning veb-saytlarga uyushtirayotgan hujumlari soni tobora oshib bormoqda. O‘tgan asrning 60-yillarida “xaker” so‘zi kompyuter va axborot texnologiyalarinin puxta bilan insonlarga nisbatan ishlatilgan.

Bugungi kunga kelib esa bu so‘z axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida noqonuniy harakatlarni bajaruvchi, axborot tizimlari va dasturlarini buzib kirib, ulardan ruxsatsiz foydalanuvchi, ilova hamda veb-sahifalar muhofazasini buzish va virus tarqatish orqali kiber jinoyatchilik uyushtiradigan shaxsga nisbatan ishlatiladi.

AQShning Arbor Networks dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijasida shu ma’lum bo‘ldiki, ishlab chiqarish, kompaniyalar o‘rtasidagi raqobat ularni onlayn duyonda ham raqibga aylantirgan va kompaniyalar raqiblarining onlayn savdosi yoki tizimlarini ishdan chiqarish maqsadida, xakerlar yollaydilar.

Zamonaviy kiber jinoyatchilik orqali bugun xakerlar o‘z xizmatlarini sotishga muvaffaq bo‘lmoqdalar. Ular o‘zlari kirgan tizimlardan ma’lumotlarni o‘g‘irlab, mijozlariga sotadilar. Yoki yollanma qotillar kabi, boshqa kompaniyaning axborot tizimlarini yo‘q qiladilar.

Ushbu xizmatlari uchun xakerlarga soatiga 2.50 AQSh dollari miqdorida ish haqi to‘lanar ekan. Ayniqsa, bir nechta kompyuterlar tarmog‘ida xizmat ko‘rsatishni rad qiluvchi zararli tizimlarning o‘rnatilishi, ya’ni DDoS-hujumlarga ehtiyoj ortib bormoqda.

Ko‘pincha xakerlar tizimga kirishni bloklab, sahifaga o‘zlari bilan bog‘lanish haqidagi ma’lumotlarni qoldiradilar va tizimni “ozod” qilish uchun veb-sayt egasidan pul talab qilishadi. Veb-sayt ma’lumotlarga to‘lib, “og‘ir”lashib qolganida uning tizimiga buzib kirish shunchalik osonlashadi.

Taxminan har yili 15 million nafar AQSh fuqarolari, asosan kompaniya rahbarlariga oid 50 million AQSh dollari miqdoridagi zararga teng bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlar internet tarmog‘iga uyushtirilgan hujumlar oqibatida o‘g‘irlanadi. Tahlillar bu kabi jinoyatlarning asosan dam olish kunlarida sodir bo‘lishini ko‘rsatadi.

Arbor Networks tahlilchisi Dennis Shvarsning ma’lum qilishicha, xakerlarning soatiga 2-3 AQSh dollari ishlashlari kutilmagan holat. Boisi rivojlangan mamlakatlarda xakerlik uchun jinoyatchilar qat’iy jazoga tortiladilar. Ularning arzimagan mablag‘ evaziga jinoyatga qo‘l urishlari esa achinarli.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!