Xakerlar tarixdagi eng yirik o‘g‘irlikni sodir etishdi

  •   DiMaX
  •  4314
  •  29.01.2018 18:07

Xakerlar tarixdagi eng yirik o‘g‘irlikni sodir etishdi

Turli banklarning elektron himoya tizimini buzib kirib, pullarni yoki ma’lumotlarni o‘margan xakerlar haqida eshitib turamiz. 2018 yil 26 yanvarda esa shunday «yovuz daho»lar bu borada o‘ziga xos rekord qo‘yishdi, deb yozadi Reuters nashri.

O‘QING: «Ko‘rinmas» xakerlar guruhi banklarga hujum qildi

Xullasi kalom, bu o‘g‘irlik Yaponiyadagi kriptovalyuta savdosi birjasida amalga oshirilgan. Bu 2009 yilda kriptovalyuta paydo bo‘lganidan beri – insoniyat tarixidagi eng yirik o‘g‘irlik hisoblanadi.

Xakerlar eng ommabop kriptovalyuta savdo birjalaridan biri – Coincheck himoyasini buzib kira olishdi va foydalanuvchilarning barcha pullarini o‘marib ketishdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘g‘irlangan ushbu kriptovalyutaning umumiy miqdori 534 million AQSh dollari ekvivalentiga tengdir.

Coincheck xodimlari bu o‘g‘irlikdan xabar topishlari bilanoq mablag‘ o‘tkazmalarini to‘xtatishga qaror qilishgan. Shuningdek, kriptovalyutada va yapon iyenasidagi barcha mablag‘larning chiqarilishini vaqtinchalik to‘xtatib turishlari e’lon qilindi. Keyinroq esa mutaxassislar bitkoindan tashqari deyarli barcha kriptovalyutalardagi savdoni to‘xtatib qo‘yishdi. Shuningdek, depozitlar va kredit kartalari bilan bog‘liq barcha operatsiyalar ham bloklandi.

O‘QING: Stiv Voznyak barcha bitkoinlarini nega sotganini aytdi

Coincheck vakillari xakerlarning mazkur hujumidan jabr ko‘rgan barcha mijozlarining zararini o‘z yonlaridan qoplab berishga tayyor ekanliklarini allaqachon rasman e’lon qilishgan.

Shu o‘rinda eslatib o‘tishni lozim topdik: xaker umuman jinoyatchi bo‘lmasligi, birovga yordam berish uchun xaking harakatlarini amalga oshirishi ham mumkin. Yomon niyatdagi – noqonuniy xaking bilan shug‘ullanuvchilarni shartli ravishda «qora xakerlar» deya nomlaydigan bo‘lsak, birovga ziyon yetkazmaydigan «oq xakerlik» ham mavjud.

O‘QING: «Oq xakerlik»ni o‘rganish uchun 6 ta eng yaxshi resurs

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!