Xakerlar WhatsApp foydalanuvchilarining telefonlariga to'liq kirish imkoniga ega bo'lishlari mumkin - Durov

Xakerlar WhatsApp foydalanuvchilarining telefonlariga to'liq kirish imkoniga ega bo'lishlari mumkin - Durov

WhatsApp foydalanuvchilarining smartfonlari xakerlar xavfi ostida qolgan bo'lishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda Pavel Durov. Telegram rahbarining ta'kidlashicha, bu o'tgan haftadagi xavfsizlik muammoasi sabab bo'lishi mumkin.

"Telefoningizni boshqarish uchun xaker sizga faqat WhatsApp orqali zararli video yuborishi yoki sizga videoqo‘ng‘iroq qilish kerak bo‘lgan xolos. Ehtimol "Ha, lekin WhatsApp'ni so'nggi versiyaga yangilasam, men xavfsiz bo'laman, to'g'rimi?" deb o'ylayotgandirsiz. Unday emas."

Durov'ning ma'lum qilishicha, aynan shunday WhatsApp xavfsizlik muammosi 2017-yilda, 2018-yilda, keyin 2019-yilda va yana biri esa 2020-yilda ham topilgan. 2016-yilgacha esa WhatsApp'da hatto xabarlarni shifrlash xususiyati ham bo'lmagan. Bunday muammolar esa har yili paydo bo'ladi va ular tasodifiy emas: ularga ilovadagi "orqa eshiklar" sabab bo'ladi. Agar bitta orqa eshik aniqlansa va olib tashlansa, o'rniga yana boshqasi paydo bo'ladi. Shu sababli Durov WhatsApp hech qachon xavfsiz bo'lishiga ishonmaydi.

"Dunyodagi eng boy odam bo'lishingizni ham ahamiyati yo'q - agar telefoningizga WhatsApp o'rnatilgan bo'lsa, qurilmangizning har bir ilovasidagi barcha ma'lumotlaringizga kirish mumkin bo'ladi, xuddi shunday holat 2020-yilda Jeff Bezos bilan sodir bo'lganidek. Shuning uchun men bir necha yillar oldin o'z qurilmalarimdan WhatsApp'ni o'chirib yuborganman."

Telegram rahbari bu bilan barchani o'z messenjeriga o'tishga majburlamayotganini, Telegram 700 milliondan ortiq foydalanuvchilar va kuniga 2 milliondan ortiq yangi odamlar qo'shilishi bilan reklamaga muhtoj emasligini, qaysi messenjerdan foydalansangiz ham, WhatsApp'dan uzoqroq yurishni, chunki u 13 yildan beri kuzatuv vositasi bo'lib kelayotganini aytadi.

O'QING: Instagram reklamalarni ko‘paytirmoqda: endi ular profilingizda ham paydo bo‘ladi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!