Xakerlik hujumi tufayli mehmonxona mijozlari xonalarda qamalib qoldi

Xakerlik hujumi tufayli mehmonxona mijozlari xonalarda qamalib qoldi

Avstriyaning eng yaxshi mehmonxonalaridan hisoblanadigan Romantik Seehotel Jägerwirt xakerlarga bitkoinlar orqali 1,6 ming yevro to‘laganligini tasdiqladi. Xakerlar mehmonxonaga tegishli elektron kalitlar tizimini buzgaligi bois, yuzlab mehmonlar xonalarda qamalib qolgan, deb ma’lumot bermoqda 3D News.

To‘rt yulduzli mazkur mehmonxona ko‘l yoqasida joylashgan, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan. U boshqa mehmonxonalarni ham bunday xakerlik hujumidan ogohlantirish uchun mazkur holat haqida xabar bergan.

Mehmonxonaning elektron tizimlariga hozirgacha 3 marotaba kiberhujum uyushtirilgan. So‘nggi jiddiy xakerlik hujumi oqibatida yuzlab odamlar xonalarda yopilib qolgan, mehmonxona ma’muriyati esa eshiklarni ochish uchun yangi kartalarni dasturlashga imkon topmagan. Eng qizig‘i, ushbu hujum mehmonxonaning bronlash va kassa elektron tizimlariga ham salbiy ta’sir ko‘rsatgan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.