«Xalq nazorati» portali va mobil ilovasi ishga tushiriladi

  •   DiMaX
  •  902
  •  19.03.2020 12:49

«Xalq nazorati» portali va mobil ilovasi ishga tushiriladi

17 mart kuni «Toshkent shahrida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Prezident qarori qabul qilindi. Toshkent shahar hokimligi ta’sischiligida MChJ shaklidagi Raqamli rivojlanish departamenti hamda uning tuzilmasida tarmoq Loyiha ofislari tashkil etilib, ularning asosiy vazifalari belgilandi, deb yozadi Sof.uz nashri.

O‘QING: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda onlayn ta’lim yo‘lga qo‘yildi

Shunga ko‘ra, Toshkent shahar hokimligining Ijro apparati tuzilmasiga axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha hokim o‘rinbosari – Departament rahbari lavozimi kiritildi.

Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 sentyabrdan axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqishda davlat organlari va tashkilotlari quyidagilarga majbur:

– Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tasdiqlangan yagona texnologik yechimlar, tasniflagichlar va standartlardan foydalanish;

– dasturiy mahsulotlarni joriy etishda asosan litsenziyalash cheklovlaridan holi yagona ochiq formatdagi elektron hujjatlardan foydalanishni ta’minlash.

– 2020 yil 1 mayga qadar shahar infratuzilmasining holati, davlat xizmatlarining sifati va boshqa masalalar yuzasidan jamoatchilik nazoratini tashkil etish uchun «Xalq nazorati» portali va mobil ilovasi ishga tushiriladi.

O‘QING: «O‘zbektelekom» internet xizmatlarini mahalliylashtirdi: endi tezlik oshib, narxlar pasayadi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!