Xalqaro robototexnika olimpiadasi qo‘mitasining O‘zbekistondagi rasmiy vakili ma’lum bo‘ldi.

Xalqaro robototexnika olimpiadasi qo‘mitasining O‘zbekistondagi rasmiy vakili ma’lum bo‘ldi.

“IROC” Xalqaro robototexnika olimpiada qo‘mitasi bilan Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi o‘rtasida imzolangan o‘zaro anglashuv memorandumiga ko‘ra “IROC” Xalqaro robototexnika olimpiadasi qo‘mitasining O‘zbekistondagi rasmiy vakili Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi bo‘lishiga kelishildi. Bu haqda Vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Shuningdek, Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi “IROC” Xalqaro robototexnika olimpiadasi qo‘mitasining hududiy musobaqasini o‘tkazish imtiyoziga ega bo‘lib, O‘zbekistondan milliy terma jamoani saralab olib, xalqaro olimpiadada ishtirokini ta’minlaydi, “IROC”ning xalqaro olimpiadasini kelgusida O‘zbekistonda o‘tkazish huquqiga ega bo‘ladi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, “IRO” (xalqaro robototexnika olimpiadasi) 1999 yildan buyon xar yili muntazam o‘tkazib kelinayotgan xalqaro robototexnika olimpiadasi bo‘lib, butun dunyo bo‘ylab 50 000 nafar ishtirokchilarni qabul qiladi.

O‘QING: “Elektron hukumat” tizimini joriy etish doirasida tovarlar kiritish uchun alohida bojxona ombori tashkil etiladi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!