Xbox Live hamda PS4 pristavkalarida birgalikda o‘yin o‘ynash mumkin bo‘ldi

Xbox Live hamda PS4 pristavkalarida birgalikda o‘yin o‘ynash mumkin bo‘ldi

Microsoft kompaniyasining  ID@Xbox dasturi rahbari Kris Karlning ma’lum qilishicha, kompaniya o‘zining navbatdagi Xbox Live pristavka platformasidan bu ta’qiqni olib tashladi va endi elektron o‘yin ishlab chiqaruvchilari Windows 10 operatsion tizimida ishlaydigan Xbox One, PS4 va kompyuter pristavkalarining platformasiga muvofiq keladigan, ularda bir vaqtning o‘zida o‘ynasa bo‘ladigan video o‘yinlarni yaratishlari mumkin. Ya’ni, bu – FIFA yoki boshqa o‘yinlar Xbox va PlayStation platformasiga muvofiq holda ishlab chiqiladi.

Xbox One hamda PlayStation 4 video o‘yin pristavkalari platformasi o‘rtasidagi farq unchalik katta emas. Ammo shu vaqtga qadar bir vaqtning o‘zida ularda video o‘yinni o‘ynash  imkoni yo‘q edi. Gap shundaki, Xbox o‘yinlarini faqatgina Xbox hamda PK kompyuter pristavkalarida o‘ynasa bo‘lar edi. Ular boshqa platformaga tushmas edi. Mazkur ta’qiq Microsoft kompaniyasi tomonidan o‘rnatilgan edi.

Avvaliga barcha platformaga muvofiq keladigan o‘yinlar Xbox hamda kompyuter o‘yinlari uchun ochiq bo‘ladi. Xbox Live pristavkasi esa barcha elektron o‘yin platformalari uchun ochiq bo‘ladi. Agar Sony kompaniyasi Microsoft’ning g‘oyasiga qarshilik qilmasa, PS4 foydalanuvchilari elektron o‘yinlarni PK kompyuterlari hamda Xbox One pristavkalariga ega o‘yinchilar bilan birgalikda o‘ynashlari mumkin.

Agar sizda Xbox pristavkasi, do‘stingizda esa PlayStation pristavkasi bo‘lsa, endi birgalashib ikkala o‘yin qurilmasi yordamida o‘yin o‘nashingiz mumkin bo‘ladi.

Shu kunga qadar do‘stida PlayStation 4 pristavkasi bo‘lgan o‘yinchi u bilan o‘ynash uchun xuddi shu rusumdagi pristavka sotib olishi kerak bo‘lardi. Ammo endi ular Xbox One’ni ham sotib olishi mumkin. Bu esa Sony’ning pristavkalari savdosiga ta’sir qiladi. Shu sababli ham, kompaniyaning bu taklifni qo‘llab-quvvatlashi yoki rad etishi muhim ahamiyatga ega.

Xbox va PK’da bir vaqtda o‘ynash mumkin bo‘lgan ilk o‘yin ayni damda ommalashayotgan Rocket League futbol uslubidagi poyga o‘yini bo‘ladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!