Xiaomi 12, 12 Pro va 12X smartfonlari taqdim etildi

Xiaomi 12, 12 Pro va 12X smartfonlari taqdim etildi

Barchaning diqqat markazida bo‘lib turgan Xiaomi 12, Xiaomi 12 Pro hamda Xiaomi 12X qurilmalari nihoyat rasman taqdim etildi. 

O‘QING: Xiaomi 12 va 12 Pro jonli suratlarda 

Xiaomi 12 kutilganidan nisbatan kichikroq bo‘lib chiqdi. Qurilmaga 6.28 dyuymli displey o‘rnatilgan. Snapdragon 8 Gen1 esa qurilamaning ravon ishlashiga javob beradi. 

Xiaomi 12 Pro modeli esa 6.73 dyuymli LTPO AMOLED displeyi bilan jihozlangan. Oddiy modelga qaraganda Pro model kattaroq hajmdagi akkumulyator, tezroq quvvatlanish imkoniyati hamda yaxshiroq kameralarga ega bo‘lsa, Xiaomi 12X modeli Snapdragon 870 chipiga ega. Uning hajmi va boshqa texnik jihatlari Xiaomi 12 smartfoniga o‘xshash. 

Xiaomi 12 

Ushbu smartfon Mi 8 qurilmasidan so‘ng, eng kichik hajmdagi displeyga ega bo‘lgan flagman bo‘ldi. Albatta, bu kichik hajmdagi smartfonlarni afzal ko‘radiganlar uchun ayni muddao. 

Qurilmaga 120Hz ekran yangilanish chastotasida ishlovchi Samsung kompaniyasining 6.28 dyuymli FullHD+ AMOLED displeyi o‘rnatilgan. Smartfon ekranosti barmoq izi skaneri ega bo‘lib, Gorilla Glass Victus shishasi ekranni turli xil qirilishlardan asraydi. 

Kameralar haqida ma’lumot beradigan bo‘lsak, Xiaomi 12'ga asosiy kamera sifatida Sony kompaniyasining 50MP IMX766 sensori o‘rnatilgan. Shuningdek, kamera modulidan 13MP ultrakeng hamda 5MP telemakro kameralari ham o‘rin olgan. 

Muxandislar qurilmaning platasini kichraytirishga muvaffaq bo‘ldilar. Bu esa smartfon ichida sovutish tizimi va boshqa komponentlar uchun yetarlicha joy bo‘lishiga imkon berdi. 

Hajmi kichik bo‘lishiga qaramay, smartfonga 4,500 mAs sig‘imli akkumulyator o‘rnatilgan. U 67 vatt tezkor quvvatlash texnologiyasi va 50 vatt simsiz quvvatlanish texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, qurilma 10 vatt kuchlanishda o‘zidan quvvat berishi mumkin. 

Xiaomi 12 yangi MIUI 13 grafik qobig‘iga ishlaydi. Uning qora, ko‘k, pushti rangli hamda maxsus yashil rangdagi eko charmli turlari sotuvga chiqadi. 

Xiaomi 12'ning narxlari quyidagicha: 

Xiaomi 12 (8/128GB) - 580 dollar

Xiaomi 12 (8/256GB) - 628 dollar

Xiaomi 12 (12/256GB) - 690 dollar 

Qurilma 31 dekabr sanasida sotuvga chiqadi. 

Xiaomi 12 Pro 

Pro model 6.73 dyuym 1400p rezolyutsiyadagi LTPO AMOLED displeyiga ega. Ushbu displey joriy kontentga qarab 1-120Hz chastotada ishlay oladi. Qurilmaga ham ekranosti barmoq izi skaneri o‘rnatilgan bo‘lib, ekran Gorilla Glass Victus shishasi bilan himoyalangan. Displeyning maksimal yorqinligi 1500 nitga yetishi mumkin. 

Xiaomi 12 Pro'ga Sony kompaniyasining IMX707 sensori asosiy kamera sifatida o‘rnatilgan. Shuningdek, smartfondan 50 ultrakeng va 50MP telefoto kameralari ham o‘rin olgan. 

Pro modelda CyberFocus funksiya bo‘lib, u tezkor fokusni ushlash imkoniyatini taqdim etadi. Xiaomi, bundan tashqari, yangi tungi rejim algoritmini ishlab chiqdi. Bu tungi vaqtda yanada yorug‘ suratlarni olishga yordam beradi. 

Qurilma 120 vattda quvvlat oluvchi 4,600 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. Shuningdek, uni 50 vattda simsiz quvvatlash ham mumkin. Kompaniya smartfonga Surge P1 zaryadlash chipini o‘rnatgan bo‘lib, u akkumulyator quvvatini boshqarishga yordam beradi.  

Xiaomi 12 Pro'ning narxi quyidagicha: 

Xiaomi 12 Pro - (8/128GB) - 738 dollar

Xiaomi 12 Pro - (8/256GB) - 785 dollar

Xiaomi 12 Pro - (12/256GB) - 848 dollar 

Pro model ham 31 dekabr sanasida sotuvga chiqadi. 

Xiaomi 12X 

Xiaomi 12X seriyaning uchinchi a’zosi. Ushbu smartfonni Xiaomi 12'ning nisbatan arzonroq versiyasi desak adashmagan bo‘lamiz. Smartfonning ko‘plab texnik jihatlari Xiaomi 12 modeliga o‘xshash. Misol uchun, qurilma 120Hz ekran yangilanish chastotasida ishlovchi 6.28 dyuymli displey, 50MP asosiy kamera, 67 vattda quvvat oluvchi 4,500 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. 

Xiaomi 12'dan farqli tomonlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, u Snapdragon 8 Gen1 chipida emas, balki Snapdragon 870 chipida ishlaydi. Shuningdek, Xiaomi 12X modelida o‘zidan quvvat berish hamda simsiz quvvatlanish imkoniyatlari mavjud emas. 

O‘z “akalari“ singari Xiaomi 12X ham qora, ko‘k va pushti ranglarda taqdim etildi. 

Qurilmaning narxlari quyidagicha: 

Xiaomi 12X (8/128GB) - 502 dollar

Xiaomi 12X (12/256GB) - 596 dollar 

O‘QING: Xiaomi yangi buklanuvchi smartfonni ishlab chiqaradi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!