Xiaomi 12 Ultra'ning yangi renderlari tarqatildi

Xiaomi 12 Ultra'ning yangi renderlari tarqatildi

Xiaomi'ning yangi 12 Ultra smartfoni taqdim qilinishi anchadan beri kutilmoqda. Kecha Xitoylik manba tomonidan ulashilgan 12 Ultra post surati avvalgi renderlarini tasdiqlaydi, ya’ni smartfon katta yumaloq shakldagi kameraga ega bo‘ladi. 

Oldingi Xiaomi 11 Ultra'dan farqli o‘laroq yangi avlod Ultra'sida orqa kamera yonida qo‘shimcha kichik ekran bo‘lmaydi. Smartfon kameralari Leica brendiga tegishli bo‘ladi va kamida 4 ta sensorlar bilan chiqariladi: bitta asosiy kamera, bittasi ultrakeng, bittasi periskopik zum uchun va yana biri telefoto linza uchun. 

Tahmin qilinishicha, Xiaomi 12 Ultra smartfoni Snapdragon 8 Gen 1 Plus ega bo‘lgan ilk smartfon bo‘ladi. Shuningdek, u 120Hz QHD+ AMOLED ekranga bilan 16 GB operativ xotira va 512 GB doimiy xotiraga ega bo‘ladi. Mish-mishlarga ko‘ra, smartfon 120 yoki 150 vattda quvvat oluvchi 5,000 mAh akkumulyator bilan jihozlanadi. 

Ma’lum bo‘lishicha, Xiaomi 12 Ultra global bozor uchun Toshkent vaqti bilan 16-mart kuni 1:00 da taqdim qilinadi. 

O‘QING: Xiaomi 12 va Xiaomi 12 Pro xalqaro bozor uchun shu oyning o‘zida sotuvga chiqadi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!