Xiaomi 120Hz'li displey va 5x telefoto kameraga ega smartfon ustida ishlamoqda

Xiaomi 120Hz'li displey va 5x telefoto kameraga ega smartfon ustida ishlamoqda

Ikki hafta oldin Xiaomi 8K formatda soniyasiga 30 kadr oluvchi smartfon ustida ishlayotgani haqida xabar bergan edik.

MIUI 11'ning ilk beta versiyasi taqdim qilinishi bilan esa XDA Developers sayti muxbirlari Sozlamalar ilovasidan displey yangilanish chastotasini 120Hz qilib belgilab qo‘yish mumkinligini bilib qolishdi.Hozirda faqatgina ikkita Razer smartfoni va Asus ROG Phone II'larga 120Hz chastotali displey o‘rnatilgan.

Kompaniya bundan keyingi smartfonlariga yuqori yangilanish chastotasiga ega displey bilan bir qatorda takomillashtirilgan telefoto linzasini o‘rnatadigan ko‘rinadi. MIUI 11'ning kamera ilovasi menyusidan ma’lum bo‘lishicha, 5x optik zumli telefoto kamerasini qo‘llab-quvvatlaydigan smartfon chiqadi. Bunga qo‘shimcha, ultra-telefoto rejimi ham bo‘lib, u bilan 50x gacha elektron zumni amalga oshirish mumkin.Hozircha, ham 8K @30fps video yozuv, ham yangi telefoto kamera, ham 120Hz'li displeyga ega yagona smartfon chiqarilayotgani haqida hech bir xabar yo‘q. Xiaomi'dan rasmiy ma’lumotlar kutib qolamiz.

O‘QING: Redmi Note 8 hamda Note 8 Pro ham yetib keldi – Terashop.uz’da Xiaomi smartfonlari narxlari! (2019 yil 12 oktyabr)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!