Xiaomi 12'ning taqdimot sanasi ma’lum bo‘ldi

Xiaomi 12'ning taqdimot sanasi ma’lum bo‘ldi

Qualcomm kompaniyasi Snapdragon 8 Gen 1 (Snapdragon 898) chipini 30-noyabr sanasida taqdim etadi. Xo‘sh, ushbu chipga ega bo‘lgan smartfonni qaysi kompaniya birinchilardan bo‘lib taqdim etadi?

O‘QING: Poco X4 hamda Poco X4 NFC smartfonlari taqdim etiladi

Nomzodlar orasida Motorola hamda Xiaomi kompaniyalari turibdi. Biroq ushbu raqobatda qaysi kompaniya yutib chiqishi hozircha noma’lum.

Mish-mishlarga ko‘ra, Xiaomi kompaniyasi yangi Xiaomi 12'ning taqdimot sanasini 12 dekabrga rejalashtirgan. Agar 12, 12/12 simmetriyasiga ishonadigan bo‘lsak, kompaniya rostdan ham ushbu kunda Xiaomi 12 smartfonini taqdim etadi.

Yangi ma’lumotlarga ko‘ra, 12 dekabrdagi taqdimotda Xiaomi 12 bilan bir qatorda Xiaomi 12X smartfoni ham e’lon qilinadi. Ushbu tadbirda asosiy flagman - Xiaomi 12 Ultra namoyish etilmaydi. Kompaniya uning taqdimotini 2022-yilga rejalashtirgan.

Xiaomi 12 chetlari qayrilgan displeyga ega bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Displey 2K rezolyutsiyada bo‘lib, 120Hz ekran yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Qurilma uchta kameraga ega bo‘ladi, unga Samsung yoki Sony tomonidan ishlab chiqilgan 50MP kamera sensori asosiy kamera sifatida o‘rnatiladi. Boshqa texnik jihatlari haqida ma’lumot beradigan bo‘lsak, Xiaomi 12 stereo dinamik, 120 vatt quvvatlash texnologiyasi, ultratovushli barmoq izi skaneriga ega bo‘ladi.

Katta ehtimol bilan smartfon yangi MIUI 13 tizimida ishlaydi, chunki ushbu sanada smartfon bilan yangi MIUI grafik qobig‘i ham taqdim etilishi kutilmoqda.

O‘QING: Xiaomi'ning sof foydasi uchinchi chorakda 25% ga oshdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!