Haqiqiy kamerafon! Xiaomi 12S Ultra smartfoning yangi versiyasi chiqarildi

Haqiqiy kamerafon! Xiaomi 12S Ultra smartfoning yangi versiyasi chiqarildi

Joriy yilning iyul oyida taqdim qilingan Xiaomi 12S Ultra allaqachon smartfonlar bozorida eng katta o'lchamdagi (1 dyuymli Sony IMX989 - 50MP) kamera sensoriga ega va u Galaxy S22 Ultra, iPhone 14 Pro smartfonlari bilan bemalol raqobatlasha oladi. Biroq, Xiaomi bu bilan cheklanib qolishni xohlamadi va telefonni haqiqiy kamera darajasiga olib chiqdi: kompaniya Xiaomi 12S Ultra'ning Concept versiyasini chiqardi.

Ma'lum bo'lishicha, 12S Ultra'ning yangi versiyasi bir emas, naqd ikkita 1 dyuymli kamera sensorlariga ega va bu hammasi emas. Siz smartfonga M-seriyasidagi Leica kamera linzalarini ulashingiz mumkin. Bu bilan siz professional suratga olish vositasiga ega bo'lasiz va bu hozirgi smartfonlarning dasturiy ta'minotga asoslangan fonni xiralashtirish funksiyasidan farqli o'laroq "haqiqiy maydon chuqurligi" kabi afzalliklarni beradi.

Shuningdek, Xiaomi'ning ta'kidlashicha, yangi kontseptual telefon 10 bitli RAW formatida suratga olish qobiliyatiga ham ega. Aytish kerakki, yangi konsept modelning kamera moduli linzalarni o'rnatish yoki olib tashlashda tirnalishlar bo'lmasligi uchun safir shisha bilan ham himoyalangan. Quyida Xiaomi 12S Ultra Concept bilan suratga olingan ba'zi rasmlarni ko'rishingiz mumkin.


Afsuski, Xiaomi 12S Ultra Concept versiyasi konseptligicha qoladi va u sotuvga chiqarilmaydi. Xiaomi'ning mahsulot bo'yicha PR rahbari Agatha Tang konsept smartfonning jonli suratlarini ulashdi.

Taniqli insayder, Ice Universe'ning aytishicha, "Samsung va Apple bera olmaganini, Xiaomi bera oladi" va "dunyoga Xiaomi kabi brend kerak".

O'QING: Xiaomi 13 seriyasiga yangi model qo‘shilmoqda, lekin u "yangi" emas 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.