Xiaomi 12S Ultra'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishmiz

Xiaomi 12S Ultra'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishmiz

Bir dyuymli kamera sensoriga ega smartfon Xiaomi 12S Ultra bu yilgi 12S seriyasining eng katta vakili. Afsuski, hozirgi kundagi eng kuchli Xiaomi flagmani hisoblanuvchi ushbu model Mi 10 Ultra kabi faqatgina Xitoy bozorida sotiladi xolos. 

Smartfonga haqiqatdan ham eng katta hajmdagi kamera sensori o‘rnatilgan. Avvalroq bunday sensor bilan Sony Xperia Pro-I modeli jihozlangan edi. Biroq bu smartfon ko‘p miqdorda ishlab chiqarilmagan hamda uning narxi juda qimmat edi. 

Kameraning qolgan texnik ko‘rsatkichlari Mi 11 Ultra modelinikiga o‘xshash. Orqa tomondagi kichik displey yo‘q. Endi orqa kameralardan selfi sifatida foydalanib bo‘lmaydi. Selfi uchun odatiy old tomondagi kameradan foydalanish kerak. 

Qurilmaning kameradan tashqari ko‘rsatkichlari ham flagmanlar kabi, ya’ni smartfon eng so‘nggi Snapdragon chipi, yuqori sifatli displey va katta hajmli xotira bilan jihozlangan. Qurilmada IP68 standarti, infraqizil port hamda stereo dinamik mavjud. Akkumulyator hajmi va quvvlash tezligi jihatidan Xiaomi 12S Ultra eng kuchli smartfon bo‘lmasa-da, u yetarli hajmdagi akkumulyator va tezkor quvvlash texnologiyasiga ega. Demak, bu jihatdan smartfonga hech qanday shikoyat yo‘q. 

Xiaomi 12S Ultra’ning texnik jihatlari:

> Korpus: 163.2x75.0x9.1mm, 225g; old panel shisha (Gorilla Glass Victus), orqa panel eko charm, alyuminiy rom; IP68 standarti. 

> Displey: 6.73 dyuymli LTPO2 AMOLED, 120 gert, Dolby Vision, HDR10+, 1500 nit yorqinlik (maksimal), 1440x3200 piksel rezolyutsiya, 20:9 forma faktori, 522ppi zichlik.

> Chipset: Qualcomm SM8475 Snapdragon 8+ Gen 1 (4 nm): Sakkiz yadroli (1x3.19 GHz Cortex-X2 & 3x2.75 GHz Cortex-A710 & 4x1.80 GHz Cortex-A510); Adreno 730.

> Xotira: 8/256GB, 12/256GB, 12/512GB; UFS 3.1. 

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 12, MIUI 13.

> Kamera: Asosiy kamera: 50.3 MP, f/1.9, 23mm, 1.0“, 1.6µm, ko‘p yo‘nalishli PDAF, Lazer AF, OIS; Ultrakeng kamera: 48 MP, f/2.2, 13mm, 1/2.0“, 0.8µm, qo‘sh piksel PDAF; Telefoto kamera: 48 MP, f/4.1, 120mm, 1/2.0“, 0.8µm, PDAF, OIS, 5x optik zum; Sath kamera: TOF 3D.

> Selfi kamera: 32 MP, f/2.4, 25mm (keng), 0.7µm.

> Video yozuv: Asosiy kamera: 8K@24 kadr/sek, 4K@30/60 kadr/sek, 1080p@30/60/120/240 kadr/sek, 720p@3840 kadr/sek, gyro-EIS, Dolby Vision HDR10; Selfi kamera: 1080p@30 kadr/sek.

> Akkumulyator: 4,860mAs; 67 vatt tezkor quvvlash texnologiyasi, 50 vatt simsiz quvvlash texnologiyasi, 100% - 52 daqiqada (reklamaga ko‘ra), 10 vatt o‘zidan quvvat berish imkoniyati, Quick Charge 4, Power Delivery 3.0.

> Boshqa: Barmoq izi skaneri (displey ostida, optim); NFC; infraqizil port; stereo dinamik.

Qadoq tarkibi 

Smartfon qora qutida keladi. Uning ichidan smartfon bilan birga 67 vattlik quvvatlash adapteri, USB-C kabeli va premium sifatdagi shaffof g‘ilof o‘rin olgan.

Foto: GSMArena 

O‘QING: Xiaomi 12 Lite'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishmiz