Xiaomi 13 Ultra'ning sifatli renderi paydo bo'ldi

Xiaomi 13 Ultra'ning sifatli renderi paydo bo'ldi

Fevral oyi oxirida bo'lib o'tadigan MWC 2023 tadbiri davomida Xiaomi 13 seriyasidagi smartfonlar taqdim qilishi kutilmoqda. Biroq ular qatorida Ultra model mavjud emas. Lekin shunga qaramay kompaniya Xiaomi 13 Ultra ustida ishlayotgani hech kimga sir emas. Internetda bo'lajak smartfonning jonli surati va unga asoslangan renderlari paydo bo'ldi.

Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog'ida Xiaomi 13 Ultra ekanligi aytilayotgan smartfonning jonli suratlari paydo bo'ldi. Bir qarashda smartfon yumaloq kamera oroli bilan o'tgan yili yozda taqdim qilingan Xiaomi 12S Ultra'ni eslatib yuboradi, lekin yaqinroq qaraydigan bo'lsak kamera oroli ichidagi sensorlar joylashuvi biroz boshqacharoq joylashganligini ko'rishimiz mumkin. Shuningdek, orqa tomonning kamera qismi yuqoriga ko'tarilgan, 12S Ultra'niki kabi tikka bo'rtib chiqmagan.

Twitter'da Kartikey Singx ismli foydalanuvchi yuqoridagi jonli suratga asoslangan Xiaomi 13 Ultra'ning renderlarini tayyorladi va unda siz kameralar joylashuvini yanada aniqroq ko'rishingiz mumkin.

Mish-mishlarga ko'ra, Xiaomi 13 Ultra o'tgan yilgi 12S Ultra kabi Sony'ning 1 dyuymli IM989 sensorini asosiy kamera sifatida Leica kamera tizimi bilan qabul qiladi. Katta ehtimol bilan smartfon Qualcomm'ning Snapdragon 8 Gen 2 chipi bilan jihozlanishi kutilmoqda.

O'QING: iPhone 15 Pro ilk renderlari tarqatildi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!