Galaxy S23 ko'rinishi yoqmadimi? Xiaomi 13 dizayniga nima deysiz?

Galaxy S23 ko'rinishi yoqmadimi? Xiaomi 13 dizayniga nima deysiz?

Xiaomi kompaniyasi o'zining yangi avlod smartfonlari seriyasi – Xiaomi 13 va Xiaomi 13 Pro modellarini chiqarishga tayyorlanmoqda. Onleaks bilan hamkorlikda Zoutons va Compare Dial tomonidan tarqatilgan sifatli renderlar esa bo'lajak Xiaomi flagmanlari dizayni bilan yaqindan tanishish imkonini beradi.

Xiaomi 13 oddiy modelidan boshlaydigan bo'lsak, u iPhone'ga o'xshash tekis yon tomonli dizaynga ega bo'lib, uning 6.2 dyuym ekanligi aytilayotgan ekrani mutlaqo tekis. Selfi kamera har doimgidek, ekran yuqori markazida. Ma'lum bo'lishicha, smartfon 152.8 x 71.5 x 8.3 mm o'lchamda. Garchi Xiaomi 13 kompaniyaning eng oldi smartfonlari biri bo'lsa ham, uning kamera dizayni byudjet smartfonlarni eslatib yuboradi.

Xiaomi 13 Pro modeli ko'rinishini esa Xiaomi'ga mos dizayn deyish mumkin. Uning old yon yomonlari egilgan bo'lib, u ham markazlashtirilgan selfi kamera ega. Qolaversa uning pastida "jag'i" ham yaqqol sezilib turibdi. Orqa kameralarga keladigan bo'lsak, ularni o'rab turgan to'rtburchak kamera oroli sezilarli darajada katta. Bu esa, ehtimol, smartfon kattaroq sensorlar bilan jihozlanishini anglatishi mumkin.

Xiaomi 13 smartfonlari shu oy oxirlari yoki dekabr boshlarida taqdim qilinishi kutilmoqda.

O'QING: Xiaomi 13 seriyasiga yangi model qo‘shilmoqda, lekin u "yangi" emas