Xiaomi: 30 noyabrda yana bitta arzon smartfon!

  •   DiMaX
  •  2310
  •  24.11.2017 10:57

Xiaomi: 30 noyabrda yana bitta arzon smartfon!

Joriy oyning boshida Xiaomi o‘zining ikkita hamyonbop smartfoni – Redmi Y1 hamda Redmi Y1 Lite modellarini taqdim etgan edi. Kecha esa Xiaomi yana bitta hamyonbop smartfonni tez orada namoyish qilishi haqida o‘zining Twitter-akkaunti orqali xabar berdi.

O‘QING: Xiaomi’ning selfisevarlarga sovg‘asi – Redmi Y1 va Redmi Y1 Lite taqdim etildi

Xiaomi kompaniyasining rasmiy Twitter-akkauntida yozilishicha, yangi qurilma 30 noyabrdayoq Hindistonda taqdim etiladi. Bu telefon modeli haqida hali hech nima ma’lum emas, hatto mutaxassislar ham «xitoycha Apple»ning yangi smartfoni qanday bo‘lishi haqida aniqroq fikr ayta olishmayapti. Faqat bitta narsa ma’lum: modomiki smartfon Redmi turkumiga mansub ekan, u hamyonbop model bo‘ladi.

Kompaniya o‘zining yangi smartfonini «Desh Ka Smartphone» deb atayapti, ammo buning qanday ma’no anglatishini ham hech kim bilmayapti. Aftidan, bu shunchaki e’tiborni tortish uchun o‘ylab topilgan nomdir. Ayrimlarning fikricha, korporatsiya oktyabrdayoq Xitoyda namoyish etgan Redmi 5A modelini endi Hindistonda taqdim etmoqchi.

O‘QING: Eng arzon "Xiaomi" – Redmi 5A taqdim qilindi

Agarda Xiaomi chindanam biror yangi model emas, balki shu hamyonbop Redmi 5A smartfonini Hindistonda namoyish etishini nazarda tutayotgan bo‘lsa, ixlosmandlarning hafsalasi pir bo‘lishi aniq. Lekin bu e’lon yangi qurilma haqida bo‘lsa, uning xususiyatlari yaqin orada ma’lum bo‘lib qolishi mumkin.

Yana bir jihati bor – selfi-kamerasi kuchli, o‘zi hamyonbop Redmi Y1 hamda uning «Lite» talqini juda ommabopligi sababli, Xiaomi uning yaxshilangan versiyasi – Redmi Y1 Pro yoki Y1 Plus deb nomlanuvchi smartfonini taqdim etishi ham mumkin. Bu borada yangiliklardan birinchilar qatori xabardor bo‘lish uchun bizdan uzoqlashmang.

O‘QING: «Malika»da Xiaomi Redmi smartfonlarining so‘mdagi narxlari (2017 yil 23 noyabr)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!