Xiaomi 4G tarmog‘ida ishlaydigan Mi Notebook Air noutbukini namoyish qildi

Xiaomi 4G tarmog‘ida ishlaydigan Mi Notebook Air noutbukini namoyish qildi

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi kutilganiday bugun Mi Notebook Air 4G nomli noutbukini taqdim qildi, deb xabar bermoqda Ferra nashri.

Noutbuk 4G mobil tarmog‘iga ulana oladi, model China Mobile mobil operatori bilan hamkorlikda tayyorlangan. Noutbuk metall korpusda ishlangan, 13,3 va 12,6 dyuymli versiyalarda sotuvga chiqariladi. Mi Notebook Air 4G Full HD formatidagi ekran, Intel Core m3 6Y30 protsessori (12,6 dyuymli versiyada), 4 Gb tezkor va 128 GB HDD bilan jihozlanadi.

13,3 dyuymli versiyaga esa Intel Core i5-6200U yoki Intel Core i7 protsessori, NVIDIA Gefore GT 940MX grafikasi, 8 Gb tezkor va 256 GB HDD o‘rnatiladi.

Kichik modelning vazni 1,07 kg, kattasiniki esa 1,28 kg. Avtonom ishlash vaqti mutanosib ravishda 11,5 va 9,5 soatni tashkil qiladi. Ikkala model Windows 10 dasturida ishlaydi.

Mi Notebook Air 4G kumushrang va tillarang variantlarda sotiladi, narxi 676 (12,6 dyuym) va 1005 (13,3 dyuym) dollardan iborat..