Xiaomi aksiyalari Nyu-York birjasida sotiladi

Xiaomi aksiyalari Nyu-York birjasida sotiladi

Marketologlarning fikricha, Xiaomi kompaniyasi rivojlanishning to‘g‘ri yo‘lida va marketing siyosatini ham risoladagidek olib bormoqda. Kompaniya bu yil 70 million dona smartfon sotishni reja qilgan. Xususan, birgina sentyabr oyining o‘zida "xitoylik Apple" sotgan mobil aloqa vositalari soni 10 million donaga yetadi. 2017 yilda esa Xiaomi olgan daromad $16,8 mlrd dollarni tashkil qiladi.

Xiaomi kompaniyasi 2014 yilda $45 mlrd dollarga baholangan bo‘lsa, ayni paytda uning narxi $69 mlrd.dan oshib ketgan.

Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, Xiaomi kompaniyasi o‘zining ilk jamoatchilik uchun ochiq qimmatli qog‘ozlarini Nyu-York birjasi (IPO)ga qo‘yish yuzasidan muzokaralar olib bormoqda. Bu esa xitoylik texnologiyasi ishlab chiqaruvchisiga keng miqyosda yirik sarmoyadorlarni jalb qilish imkonini beradi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!