Xiaomi bir soat ichida Redmi Note 11 seriyasidagi smartfonlardan qancha sotganini bilasizmi?

Xiaomi bir soat ichida Redmi Note 11 seriyasidagi smartfonlardan qancha sotganini bilasizmi?

O‘tgan hafta Xiaomi kompaniyasi Redmi Note 11 seriyasini taqdim etdi. Ushbu seriyadagi smartfonlar ko‘pchilikning diqqat e’tiborida bo‘lgani aniq. 

Oldindan buyurtmalarni hisobga olganda bir soat ichida kompaniya Redmi Note 11 seriyadagi smartfonlardan 500,000 dona sotishga muvaffaq bo‘lgan. 

Redmi Note 11 taxminan 185 dollar narxda sotuvga chiqarilgan bo‘lib, u Dimensity 810 chipi, 33 vatt quvvatlash texnologiyasi hamda 90Hz ekran yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlovchi 6.6 dyuymli LCD displeyiga ega. 

Smartfonning Pro talqini esa nisbatan kuchliroq Dimensity 920 chipi bilan jihozlangan, Pro+ modeli esa 120 vatt tezkor quvvatlanish texnologiyasiga ega. 

O‘QING: Xiaomi butun dunyo bo‘ylab 240 milliondan ortiq Redmi Note smartfonlarini sotdi 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!