Xiaomi biryo‘la ikkita – Mi 7 hamda Mi 8 flagmanlarini tayyorlabdi, ularning old panelini «jonli» tomosha qilamiz!

  •   DiMaX
  •  1954
  •  22.05.2018 23:43

Xiaomi biryo‘la ikkita – Mi 7 hamda Mi 8 flagmanlarini tayyorlabdi, ularning old panelini «jonli» tomosha qilamiz!

«Xitoycha Apple»ning navbatdagi flagman smartfoni sanoq bo‘yicha Mi 7 deb nomlanishi kutilayotgan edi. Lekin keyingi kunlardagi xabarlarga ko‘ra, Xiaomi bu ilg‘or gadjetini o‘zining sakkiz yilligiga bag‘ishlab Mi 8 deb atashga qaror qilgan.

O‘QING: Kutilmagan xabar: Xiaomi’ning yangi flagmani Mi 7 emas, Mi 8 bo‘lar ekan!

Shuningdek, undan so‘ng ham bu borada bir-birini inkor etuvchi ma’lumotlar tarqaldi. Nihoyat, bir necha soat avval – 22 may kuni insayderlar bergan ma’lumot ular orasidan eng ishonchlisi ekani ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, Xiaomi birato‘la ikkita – Mi 7 va Mi 8 rusumli flagmanlarini taqdim etadi!

Mana, quyidagi suratda chapda – Xiaomi Mi 8, o‘ngda esa – Xiaomi Mi 7 smartfonining old panellari aks etgan.

Ta’kidlash kerakki, Xiaomi Mi 8 haqida ma’lumotlar chiqishi bilan kompaniya Mi 7 modelidan voz kechgani ham aytilib kelayotgandi. Biroq xitoylik korporatsiya o‘zining sakkiz yilligiga atalgan flagmanining nisbatan soddalashtirilgan varianti sifatida bu devaysni ham taqdim etishi ehtimoli yuqori.

Xiaomi shu va boshqa gadjetlarining taqdimotini bir haftadan so‘ng – 31 may kuni Shenchjen shahrida tashkillashtiriladigan matbuot anjumanida o‘tkazadi. Ungacha yana bu borada yangi ma’lumotlar chiqishi tayin, ular haqida birinchilar qatorida bilib olish uchun bizdan uzoqlashmang!

O‘QING: Xiaomi smartfonlari va boshqa devayslari narxlari (2018 yil 22 may) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab BEPUL yetkazib beriladi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.