Xiaomi blogerni sudga berib, jarimaga torttirdi

Xiaomi blogerni sudga berib, jarimaga torttirdi

Xiaomi kompaniyasi Xiaomi Mi 10 Ultra smartfonlari haqida noto‘g‘ri salbiy sharhlarni tarqatgan blogerni sudga berdi. Erkak tovon puli to‘lab, omma oldida kechirim so‘radi, bu esa jamoatchilik e’tiborini tortdi.

O‘QING: Xiaomi Mi Mix 4 ko‘rinmas ekranosti kamera hamda orqa panel displeyiga ega bo‘lishi kutilmoqda

«2020 yil 17 avgustda men JD platformasida ikkita Xiaomi Mi 10 Ultra mobil telefonlari haqidagi yolg‘on sharhlarni e’lon qilganman. Men e’lon qilgan sharhlar haqiqatga mos kelmasligini va Xiaomi obro‘siga putur yetkazganimni tan olishim kerak. Ushbu xatoyim uchun afsusdaman va chin dildan uzr so‘rayman», deydi aybdor.

2020 yil 11 avgustda bloger ikkita Xiaomi Mi 10 Ultra telefonini sotib olganini e’lon qilgan va 17 avgust kuni u o‘zining sharhlarini nashr qilgan. Birinchi holda, u smartfonni bir hafta davomida ishlatganligini va shu vaqt ichida ularni sakkiz marta perezagruzka qilganini aytgan. «Harorati 50° C ga ko‘tarilib, smartfon atigi ikki soat ichida zaryadsizlandi», degan edi bloger. Boshqa bir sharhda u, shuningdek, smartfon tezda zaryadsizlanishini, sekinlashishini va smartfonlarning suvga chidamli emasligini ta’kidlagan.

Xiaomi Mi 10 Ultra

Sud bloger telefonlarni faqat 16 avgust sanasida olganini aniqladi, ya’ni u bir hafta davomida foydalanmagan va hatto ikkinchi smartfonni ham ochmagan, aksincha, u darhol uni qayta sotib yuborgan. Natijada, bliger shunchaki kompaniya nomiga dog‘ tushirmoqchi bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Uning sharhlari ko‘plab internet foydalanuvchilari tomonidan repost qilingan.

Sud erkakni 5,000 dollarga yaqin tovon puli to‘lashga va omma oldida kechirim so‘rashga majbur qildi. Yaqinda boshqa bir blogerning onasi tasodifan Xiaomi flagmanining anboksing videosini tarqatib yuborgani ma’lum bo‘ldi, bu xato esa blogerga 150 ming dollarga tushadi.

O‘QING: Xiaomi flagmaniga bitta quvvatda 14 kun ishlash imkonini beruvchi yangi rejim qo‘shildi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!