Xiaomi bozorda Samsung'ga jiddiy xavf tug‘dirmoqda

Xiaomi bozorda Samsung'ga jiddiy xavf tug‘dirmoqda

Ayni paytda jahon smartfon bozorida Samsung brendi yaqqol peshqadam. Undan keyinda Apple va Huawei kabi kompaniyalar turibdi. Xitoyning taniqli ishlab chiqaruvchisi bo‘lmish Xiaomi esa jahondagi eng ko‘p sotayotgan brendlar "beshligi"ni yakunlab bergan.

Biroq, jahonning yirik va ayni paytda "och" smartfon bozorlaridan biri bo‘lgan Hindistonda bu natijalar so‘nggi choraklarda jadal o‘zgarib ketmoqda. Bu bozorda sotilayotgan smartfonlar orasida Samsung ulushi 24% ni tashkil qilsa, joriy yilda Xiaomi ulushi keskin o‘sib, 17% foizga yetgan. Ekspertlarning fikricha, xitoylik kompaniya Hindistondagi do‘konlari sonini ko‘paytirmoqda va bu yerda smartfon ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygani evaziga, yaqin yillarda u Hindiston bozorida smartfon sotishda yaqqol yetakchiga aylanadi.

Redmi 4A va Redmi Note 4 kabi hamyonbop smartfon modellari evaziga, shuningdek romsiz Xiaomi Mi Mix 2 evaziga Xitoy smartfon brendi mamlakatda o‘rnini tobora mustahkamlamoqda. Bu esa uning jahon smartfon bozoridagi o‘rniga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Eslatib o‘tamiz, brendning so‘nggi flagmani bo‘lgan Mi Mix 2 Hindistonda 10 oktyabrdan $500 AQSh dollaridan sotuvga chiqarildi. Samsung Galaxy Note 8 esa 1,033.98, Samsung Galaxy S8 825 AQSh dollaridan sotilmoqda. Ularning har uchalasida jahonning hozircha eng kuchli protsessori bo‘lmish Snapdragon 835 va ilg‘or romsiz displey o‘rnatilgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!