Xiaomi bu yil 70 mln dona smartfon sotmoqchi, bu esa hamyonbop Mi 5X

Xiaomi bu yil 70 mln dona smartfon sotmoqchi, bu esa hamyonbop Mi 5X

Xiaomi kompaniyasi joriy yilda o‘z oldiga 70 million dona smartfon sotishni maqsad qilib qo‘ygan. Bu rejani uddalash uchun kompaniya qiziqarli va sifatli gadjetlar yaratishi kerak bo‘ladi. Bu maqsad yo‘lida Lanmi subbrendining tashkil etilishi reja qilingan. Ushbu brend Xiaomi'ning Xitoy smartfon bozoridagi manfaatlarini himoya qiladi hamda arzon smartfonlari bilan Oppo va Vivo kabi jadal rivojlanayotgan brendlarga qarshi kurashadi. 

Xiaomi kompaniyasi shu kunlarda bir nechta hamyonbop modellarni bozorga tayyorlamoqda. Shulardan biri quyidagi suratda e’lon qilingan Xiaomi Mi 5X. Bu model 2016 yilda taqdim qilingan Mi5'ning "merosxo‘ri". Biroq, yangi smartfon ko‘rinishidan Xiaomi Mi5'dan farq qiladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu Mi5 flagmanining soddalashtirilgan talqini bo‘ladi. Unga 4 gigabaytli tezkor hamda 64 Gb doimiy xotiraga ega Snapdragon 625 platformasi o‘rnatiladi. Metall korpusli Xiaomi Mi 5X 5,5 dyuymli Full HD ekranga ega bo‘ladi.

Shuningdek, Xiaomi Mi 5X uchun 2 ta sensorli bosh kamera tayyorlanmoqda. Bu kamerada optik yaqinlashtirish funksiyasi joriy qilinadi. Shuningdek, bosh kamera orqa fonni xiralashtirib olish funksiyasiga ham ega bo‘ladi.

Xiaomi Mi 5X'ning bozorga $294 dollar bahosida chiqarilishi kutilmoqda.

Yosh va harakatchan kompaniya uchun 70 million dona smartfon katta natija bo‘lishi mumkin. Vaholanki, ayni paytda smartfon sanoatida peshqadam bo‘lgan Samsung yoki Apple bir chorakning o‘zida 80 million donaga yaqin smartfon sotishga muvaffaq bo‘ladi.