Xiaomi Civi 2 qachon taqdim qilinishi rasman ma'lum qilindi

Xiaomi Civi 2 qachon taqdim qilinishi rasman ma'lum qilindi

O'tgan yilning xuddi shu, sentabr oyida Xiaomi kompaniyasi o'z uyida ko'proq yoshlar va ayollar uchun mo'ljallangan birinchi Civi brend smartfonini taqdim qilgan edi. Joriy yilning aprel oyida esa yangilangan Civi 1S modeli chiqarildi. Endilikda kompaniya to'liq yangi avlod Civi smartfonini taqdim qilishga tayyorlanmoqda.

Xiaomi rasman 27-sentabr kuni Xitoyda Civi 2 smartfonini namoyish qilishini, shu bilan birga, Hello Kitty bilan hamkorlikda maxsus model chiqarilishi ma'lum qildi. Ulashilgan tizer posterdan ko'rish mumkinki, Civi 2 orqa paneli suv yuzasidagi to'lqinlarni eslatadigan jozibali dizaynga ega bo'ladi. Kamera oroli esa avvalgi Civi'nikidan boshqacharoq bo'ladi: ikki kamera sensori katta asosiy modul ichida, yana bir kamera esa uning pastidagi modulda joylashgan bo'ladi. Yana bir alohida modulda esa LED chiroq bilan 50MP yozuvini ko'rishimiz mumkin. Bu, albatta, asosiy kamera sensori 50MP bo'lishini anglatadi. 

Mish-mishlarga ko'ra, smartfon 6.55 dyuymli, Full HD, Dolby Vision High Dynamic Range va barmoq izini qo'llab-quvvatlaydigan, 120 gerts yangilanish tezligiga ega AMOLED displey bilan jihozlanadi. Qurilmaga Snapdragon 7 Gen 1 chipseti bilan 12GB operativ va 256GB doimiy xotira o'rnatilishi aytilmoqda.

O'QING: RTX 4080 va RTX 4090 videokartalari taqdim qilindi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!