Xiaomi Civi 2 smartfoniga oid ilk ma’lumotlar sizdirildi

Xiaomi Civi 2 smartfoniga oid ilk ma’lumotlar sizdirildi

Xiaomi 2021 yilning sentyabr oyida yangi Civi smartfonini taqdim etgan edi. Ushbu qurilma o‘rta toifaga mansub bo‘lgan kompakt smartfon hisoblanadi. 

Afsuski, 120Hz OLED displey, 55 vatt quvvatlash texnologiyasi va 64MP asosiy kamera kabi yaxshi texnik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan gadjet xalqaro bozorga sotuvga chiqmadi. 

Digital Chat Station bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Xiaomi kompaniyasi Civi modelining ikkinchi avlodini ishlab chiqarishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Qurilmada bir qancha o‘zgarishlar bo‘ladi, xususan, yangi Snapdragon 778G+ chipi. 

Qurilma katta ehtimol bilan Android 12 operatsion tizimiga asoslangan MIUI 13 grafik qobig‘ida ishlaydi. Qolgan texnik jihatlar, xususan, kamera va quvvatlash texnologiyasi, shuningdek dizayn o‘zgrishsiz qolishi taxmin qilinmoqda. 

Snapdragon 778G+ chipi avvalgi 778G chipiga qaraganda 20% yuqori CPU va GPU unumdorligini taqdim etadi. Demak, Civi 2 modeli o‘zining birinchi avlodiga nisbatan kuchliroq bo‘ladi. 

O‘QING: Xiaomi 12 Ultra'ning yangi renderlari tarqatildi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!