Xiaomi'dan navbatdagi innovatsiyani qarshi oling!

Xiaomi'dan navbatdagi innovatsiyani qarshi oling!

Xiaomi kompaniyasining subbrendi bo‘lmish ZMI yangi mobil akkumulyatori -- ZMI Space Power Bank'ni taqdim qildi. Mazkur batareyaning elektr toki sig‘imi 6000 mA soat. Aksessuar korpusi zanglamaydigan po‘latdan ishlangan va uning dizayni ham qiziq -- ko‘rinishidan smartfonni eslatib yuboradi. Ishlab chiqaruvchining ma’lum qilishicha, 304-markaga mansub po‘lat metalli juda pishiq. Shuningdek, bu korpus obdon qayta ishlanib, ko‘zgu kabi akslanuvchi ko‘rinishga keltirilgan.

ZMI Space Power Bank gadjetining korpusida quvvatlash indikatori, bitta USB Type-C porti mavjud. Uning komplektida quvvatlash uchun kabel, OTG kabeli hamda charm g‘ilof bor.

ZMI brendining bu yangiligi tezkor quvvat olish texnologiyasiga ega bo‘lgan. Unga elektr tokining kirish quvvati 5V/2A yoki 9V/1,8 A, chiqish quvvati esa 5,1V/2,4A, 9V/1,6A hamda 12V/1,2A'ni tashkil qiladi.

Ma’lum qilinishicha, ZMI Space Power Bank 2018 yilning yanvarida, $38 AQSh dollari bahosida sotuvga chiqariladi.