Xiaomi’dan syurpriz: Mi Mix 2S taqdimotida yana bitta innovatsion devays namoyishi

  •   DiMaX
  •  892
  •  19.03.2018 17:54

Xiaomi’dan syurpriz: Mi Mix 2S taqdimotida yana bitta innovatsion devays namoyishi

«Xitoycha Apple» o‘zining Mi Mix 2S flagmanini 27 mrat kuni taqdim etmoqchi ekanidan xabaringiz bor. Shu tadbirda Xiaomi yana bir «aqlli» gadjetini ham rasman namoyish etmoqchi, deb yozadi MyDrivers nashri.

O‘QING: Xiaomi Mi MIX 2'ni rekord darajada arzonlashtirdi

Ushbu korporatsiyaning Mi Ecosystem ekotizimi bo‘yicha vitse-prezidenti yaqinda, romsiz Mi Mix 2S namoyishida yana bir «kichikroq» syurpriz bo‘lishini va’da qilgandi. Kuzatuvchilarning fikricha, bu yerda o‘tgan yili taqdim etilgan Mi AI Speaker «aqlli» kolonkasining ixcham talqini haqida gap ketyapti. Mazkur qurilmaning fotosuratlari ham allaqachon tarqalgan.

Hozirda shartli ravishda Xiaomi Mi AI Speaker Mini deb atalayotgan mazkur smart-kolonka ovozni tanib, nutqni ilg‘ab olish uchun to‘rtta mikrofon bilan jihozlanadi. Shuningdek, unda LED-indikatorli boshqaruv paneli ham bo‘ladi; unda ovozni balandlatish-pasaytirish, mikrofonni uzib qo‘yish va pauza/ijro tugmachalari o‘rin oladi.

O‘QING: Samsung ham «aqlli» kolonka ishlab chiqarishini tasdiqladi

«Xiaomi Mi AI Speaker Mini imkoniyatlariga keladigan bo‘lsak, Xiaomi’ning bu «aqlli» kolonkasida onlayn musiqa va audiokitoblar tinglash mumkin; uning yordamida «aqlli» uyni boshqarish va eslatmalar kiritib qo‘yish mumkin.

To‘g‘ri, bu funksiyalarning barchasi dastlab xitoylik foydalanuvchilar uchun taqdim etiladi, lekin ushbu qurilmani xalqaro bozorga chiqarishlari ehtimoli ham bor. Xiaomi o‘tgan oyda Microsoft bilan hamkorlik qila boshlagani haqida xabar bergandi; shu jumladan, birgalikda virtual assistentga ega smart-kolonkalar yaratishlarini ham aytgandi. Balki, Cortana ovozli yordamchisi joriy etilgan Xiaomi Mi AI Speaker Mini ham chiqib qolar?

Shuningdek, Xiaomi yarim yil avval taqdim etilgan, qiz qomati shaklida cheklangan miqdorda ishlab chiqarilgan kolonkaning savdosi boshlanishi haqida ham shu kuni ma’lum qiladi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Xiaomi Mi AI Speaker Mini rusumli ixcham «aqlli» kolonka Xitoyda 199 yuan narxida sotuvga qo‘yiladi, bu esa taxminan 31 AQSh dollariga to‘g‘ri keladi. Taqqoslash uchun aytib o‘tish kerakki, mazkur qurilmaning raqobatchilari – Amazon Echo Dot hamda Google Home Mini narxlari qishki bayramlardan so‘ng 30 dollardan 50 dollargacha ko‘tarilgan.

O‘QING: Apple «aqlli» kolonka – HomePod’ni taqdim etdi