Xiaomi III chorakdagi daromadlarini e’lon qildi. Smartfonlar savdosi kamaydi

Xiaomi III chorakdagi daromadlarini e’lon qildi. Smartfonlar savdosi kamaydi

Xiaomi'ning daromadlari 2019 yilning uchinchi choragida 7.63 milliard dollarga yetib, kompaniyaning hozirgacha erishilgan eng yuqori natijasi bo‘ldi. Ammo, masalaning qiziq tomoni, xitoylik texnogigantning daromadi o‘sishiga sabab Internet narsalar (IoT) va Smart Home (aqilli uy) bo‘limi mahsulotlari bo‘lgan bo‘lsa, smartfonlardan keladigan daromad biroz pastlagan.

Smartfonlar savdosidan kelgan daromad hanuzgacha 4.59 milliard AQSh dollari bilan umumiy savdolarning asosiy qismini tashkil etadi. Biroq, kompaniyaning smartfonlardan tushgan foydasi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,8 foizga kamaygan. Uchinchi chorakda Xiaomi 32,1 million dona smartfon sotgan, bu unga dunyoda to‘rtinchi o‘rinni egallashga imkon berdi (Canalys ma’lumotlariga ko‘ra, bozorning 9,2% ini tashkil qildi).

Internet narsalar va boshqa maishiy elektronika savdosidan kelgan daromad 2,22 milliard dollarni tashkil qildi, ya’ni bu bo‘limdan kelgan umumiy daromad o‘tgan yilning shu choragiga nisbatan 44,4 foizga o‘sdi. Hatto Xiaomi'ning smart televizorlari va noutbuklarining o‘zidan keladigan daromad 824 million dollarni tashkil qildi (36,5% lik o‘sish).Xiaomi'ning global miqyosda kengayib borishi o‘z mevalarini bermoqda. Uchinchi chorakda tashqi daromad 17,2 foizga o‘sdi va o‘tgan chorakdagi jami aylanmalarning deyarli yarmini tashkil etdi.

Kompaniyaning 2019 yilning to‘qqiz oyidagi sof foydasi 1,3 milliard dollarga yetdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 37,1 foizga ko‘p degani. Bu esa 2018 yilgi daromaddan 1,3 milliard dollar ko‘proq foyda demakdir.

O‘QING: Xiaomi eng ommabop flagmanini endi ishlab chiqarmaydi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!