Xiaomi ikkinchi chorakda kutilganidan ko‘p daromad va foyda qildi

Xiaomi ikkinchi chorakda kutilganidan ko‘p daromad va foyda qildi

Xiaomi kompaniyasi 2021 yilning ikkinchi choragi uchun moliyaviy natijalarni e’lon qildi. Ishlab chiqaruvchi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, daromad va foyda prognozlardan yuqori bo‘lgan.

O‘QING: Xiaomi yangilangan Mi 11 Lite'larni tayyorlamoqda, ulardan biri ekranosti kamerasiga ega

Choraklik daromad taxminan 87,78 milliard yuanni (taxminan 14 mlrd AQSh dollari) tashkil etgan, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 64% ga ko‘pdir. Yalpi foyda esa taxminan 15,14 milliard yuanga (taxminan 2,3 mlrd AQSh dollari) teng, bu o‘tgan yilning birinchi choragiga nisbatan 96,7 foizga ko‘p demakdir. Sof foyda esa taxminan 6,3 milliard yuan (taxminan 973 mln dollar) bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilgiga qaraganda 87,4 foizga ko‘proq.

2021 yilning birinchi yarmidagi moliyaviy natijalarga to‘xtalsak bo‘lsak, daromad taxminan 164,67 milliard yuanni (taxminan 25 mlrd AQSh dollari) tashkil etgan, bu 2020 yilning shu davriga nisbatan 59,5 foizga ko‘p. Yalpi foyda 29,3 milliard yuanga (taxminan 4,5 mlrd AQSh dollari) yaqin bo‘lib, o‘sish ko‘rsatkichi 92,1 foiz. Nihoyat, moslashtirilgan sof daromad taxminan 12,39 milliard yuanni (taxminan 2 mlrd AQSh dollari) tashkil etmoqda. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yarim yilga nisbatan 118,4 foizga ko‘proqdir.

O‘QING: Xiaomi smartfonlari narxlari bilan tanishamiz (2021 yil, avgust)