Xiaomi ilg‘or audio-quloqchinni taqdim qildi. Yarim bahosida!

Xiaomi ilg‘or audio-quloqchinni taqdim qildi. Yarim bahosida!

An’anaviy 3.5 mm.li audio-portidan mahrum bo‘lgan Xiaomi Mi 6 flagman smartfonining taqdimoti chog‘ida xitoylik ishlab chiqaruvchi smartfondagi raqamli ovoz uzatish texnologiyasini ko‘z-ko‘z qilgan edi. Kompaniya o‘tayotgan haftada mazkur va boshqa smartfonlar uchun USB Type-C portiga ulashga mo‘ljallangan audio-quloqchinlarni ham taqdim qildi.


Nimasi bilan o‘ziga xos?
Shakliga ko‘ra, naushniklar Xiaomi Mi Quantie «Hybrid Pro» gibrid quloqchinlarini esga soladi. Quloqchinning chastota diapazoni 20-20000 Gs.ni tashkil qiladi. Uning muhim o‘ziga xosligi — shovqinni kamaytiruvchi faol (50-2000 Gs) funksiyadir.

Qora korpusli audio-quloqchin titan qotishmasidan tayyorlangan, uning simi himoya qatlami bilan o‘ralgan. Boshqaruv pultida shovqinni kamaytirishni ishga tushiruvchi maxsus tugma mavjud. Naushniklar musiqachi Luka Binyardi (Luca Bignardi) ishtirokida ishlab chiqarilgani ma’lum qilingan.

Narx-navosi
USB Type-C portiga ulanuvchi Xiaomi’ning bu audio-quloqchinlari 299 yuan, ya’ni $43 dollarga baholangan. Uning EarPods uslubida ishlangan modeli esa $40 turadi. Bu audio-quloqchinlar Xiaomi Mi 6, Mi 5s Plus, Mi 5s, Mi 5, Mi Note 2, Mi MIX smartfonlarida to‘liq ishlaydi.

Shuningdek, Xiaomi Mi 4S va Mi 4S smartfonida shovqinni kamaytirish tugmasi ishlamaydi. Mi 5C va Redmi Pro esa bu quloqchinlarni qo‘llab-quvvatlamaydi. USB Type-C portiga ega boshqa brend qurilmalarida ham uning ishlashida nosozlik kelib chiqishi mumkin.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!