Xiaomi ismli chaqaloq tug‘ildi!

  •   DiMaX
  •  1310
  •  24.04.2018 12:57

Xiaomi ismli chaqaloq tug‘ildi!

Texnologik kompaniyalarning haqiqiy ishqibozlari ba’zida ularga fanatlikni haddan oshirib yuborishadi. Masalan, Indoneziyadagi oila yaqinda o‘zining farzandiga Xiaomi deya ism qo‘ygan. Bu xususda Mydrivers nashri xabar bermoqda.

O‘QING: Xiaomi bu safar ham yangi innovatsiya bilan hammani lol qoldirdi

Aytilishicha, Xiaomi ismli bu qizaloq – indoneziyalik juftlikning to‘ng‘ich farzandidir. Uning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi «xitoycha Apple»ning Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida e’lon qilingan.

Guvohnomadagi yozuvlardan anglashiladiki, Syaomi Fradella Naufalin ismli chaqaloq 2017 yilning avgustida tug‘ilgan.

O‘QING: Muvaffaqiyat tarixi: Xiaomi asoschisi xitoylik Stiv Jobs haqida

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.