Xiaomi kinosanoatda o‘zini sinab ko‘rmoqchi bo‘lgan

Xiaomi kinosanoatda o‘zini sinab ko‘rmoqchi bo‘lgan

China-Review nashrinig xabar berishicha, xitoylik  Xiaomi kompaniyasi tarkibida film suratga olish bilan shug‘ullanadigan bo‘lim ish yuritgan. Xitoy OAVlarining yozishicha, Xiaomi Pictures nomi bilan yuritilgan mazkur bo‘lim o‘tgan 2017 yilning yanvar oyida tarqatib yuborilgan, chunki kompaniya o‘zining bor e’tiborini elektronika yaratishga qaratmoqchi.

Ehtimol, kompaniya kinosanoatga sarmoya kiritishda davom etar, ammo film yaratish ustida ishlamaydi. Ba’zi tasdiqlanmagan ma’lumotlarga qaraganda Xiaomi bir qator filmlarni suratga olishda qatnashishga ham ulgurgan. O‘tgan yili Xitoyda kinosanoat sohasida kutilgan o‘sish kuzatilmagani bois, balki Xiaomi ushbu g‘oyadan voz kechishga qaror qilgandir.

Umuman olganda, har qanday biznesga sarmoya ajratish ham bir tomondan to‘g‘ri emas (Xiaomi velosipedlarni ijaraga berish biznesida ham ishtirok etadi). Chunki bu holat asosiy biznes yo‘nalishidagi imkoniyatlarni qo‘ldan boy berishga sabab bo‘lishi mumkin.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!