Xiaomi “kuchli”, arzon planshet-kompyuter tayyorlamoqda

Xiaomi “kuchli”, arzon planshet-kompyuter tayyorlamoqda

Xiaomi Mi Pad 3 nomini olishi kutilayotgan planshet kompyuteri 2014 yilda taqdim qilingan Xiaomi Mi Pad’ning 3-avlodi hisoblanadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu gal planshet 2 xil talqindagi ekran va operatsion tizimda taqdim qilinadi.

Insayderlarning yozishlaricha, Mi Pad 3’ning birinchi talqinida ekran diagonali 7,9 dyuymli, operativ xotira 4 GB bo‘ladi hamda unda Android 7.0 operatsion tizimi o‘rnatiladi.

Ekranning piksel sig‘imi ma’lum qilinmaganiga ko‘ra, planshet ekrani avvalgi avlod bo‘lmish Mi Pad 2’niki kabi, 2048 x 1536 belgi sig‘imiga ega bo‘ladi. Bu talqinning 64 gigabayt doimiy xotira talqini $190 hamda 128 GB talqini $230 AQSh dollaridan sotuvga chiqariladi.

Xiaomi Mi Pad 3’ning 2-varianti, ya’ni Mi Pad 3 Pro planshetining displey diagonali 9,7 dyuymli bo‘lib, devays Windows 10 operatsion tizimi boshqaruvida faoliyat ko‘rsatadi. Mazkur talqinning apparat platformasida kuchli Intel Atom x7-Z8750 protsessori o‘rnatiladi. Uning tezkor va doimiy xotirasi 1-talqinniki bilan bir xil bo‘ladi. Mi Pad 3 Pro’ning bazaviy talqini $245 dollardan sotuvga chiqariladi.

Xiaomi Mi Pad 3 anonsi Mi 6 smartfoni bilan birgalikda joriy yilning may oyida o‘tkazilishi kutilmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!