Xiaomi kuchlilarni yig‘ishda davom etmoqda

Xiaomi kuchlilarni yig‘ishda davom etmoqda

Janob Chang Chengni tanisangiz kerak. U avvallari Lenovo'ning mobil bo‘limi Vitse-prezidenti bo‘lib ishlar edi.

Janob Cheng yaqinda kompaniyadan iste’fo berdi va qizig‘i, endi Xiaomi'ga qo‘shildi. Bu haqida South China Morning Post sayti xabar bermoqda.

Xiaomi'ning hamasoschisi Lin Bin kompaniyaning boshqa asoschilari hamda jamoaga yangi qo‘shilgan Cheng bilan tushgan rasmini Weibo ijtimoiy tarmog‘iga joyladi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay Cheng buni repost qilib, foto ostiga «Orzularing uchun qattiq ishla», deb yozib qo‘ydi.

Chang Cheng Lenovo'ning ZUK smartfon bo‘limidagi faoliyati bilan ayniqsa mashhurdir. Ushbu sub-brendning smartfonlari o‘zining hamyonbop narxi va o‘ta nafis foydalanuvchi interfeysi bilan hammani lol qoldirgan edi. Sub-brend keyinchalik yopilib ketdi, biroq u yaratgan interfeys Lenovo smartfonlariga — jumladan, global bozorga chiqqan Lenovo Z6 flagmaniga — o‘rnatilishda davom etdi.

Cheng, shuningdek, ilk Yoga leptopi, Lenovo K900 smartfoni va Lenovo Z5 va Lenovo Z6 qurilmalari yaratilganda Lenovo'da ishlar edi.

Sobiq dirketor yangi jamoasidagi lavozimini hozircha ochiqlaganicha yo‘q. U Redmi, Black Shark yoki MIUI kabi sub-brendlar/bo‘limlarda ishlaydimi yoki kompaniyaning ehtimoliy yangi bo‘limida ishlaydimi-yo‘qmi, bunisi ma’lum bo‘lishini kutishimizga to‘g‘ri keladi.

Kompaniya hisobotida esa Lei Jun janob Chengni ta’riflar ekan uning «sohani chuqur bilishi hamda iste’mol elektronikasi sohasida katta boshqaruvchilik tajribasi»ga egaligini ta’kidladi. Yana aytilishicha, u «kompaniyani mobil telefonlar biznesi borasida kuchli qo‘llab-quvvatlaydi».

O‘QING: Xiaomi’ning yangi xiti sotuvga chiqib, uning ikkita raqibi arzonlashdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!