Xiaomi LTE tarmog‘ini qo‘llaydigan arzon smartfonni ishlab chiqaradi

Xiaomi LTE tarmog‘ini qo‘llaydigan arzon smartfonni ishlab chiqaradi

Xitoy telekommunikatsion qurilmalarni sertifikatlashtirish markazi (TENAA) Mi 2014816 raqamli Xiaomi arzon smartfoni haqidagi axborotlarni oshkor qildi.

Uskunada nomi tilga olinmagan 1,2 GGs chastotali to‘rt yadroga ega protsessor qo‘llanilgan. Operativ xotira esa 1 Gbaytni tashkil etadi.

Smartfon displeyi diagonali 4,7 dyuym (1 dyuym – 2,54 sm) bo‘lib, uning sig‘imi 720r formatga mos keluvchi 1280 × 720 nuqtachadan iborat. Piksellar zichligi esa 312 ppi`ni tashkil etadi.

Smartfon korpusining orqa tomonidagi asosiy kamera 8, old kamera esa 2 megapiksel bo‘lishi aytib o‘tildi.

Operatsion sistema va foydalanuvchi ma’lumotlari uchun 8 Gbayt ichki xotiradan foydalanish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, qo‘shimcha ravishda 32 Gbaytgacha microSD kartalarini o‘rnatish mumkin.

Yangi mahsulotning hajmi 134 × 67,2 × 9,2 mm, og‘irligi 134 grammni tashkil etadi. TENAA rasmiy saytida keltirilishicha, unga Android 4.4.4 KitKat operatsion sistemasi o‘rnatilgan.

Uskuna to‘rtinchi avlod LTE mobil tarmoqlarida ishlashni qo‘llaydi. Uning narxi haqida aniq ma’lumot bo‘lmasa-da, 100-120 AQSh dollari atrofida sotuvga chiqish ehtimoli yuqori.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!